Xabar berilishicha, 21-dekabr payshanba kuni nomaʼlum shaxs Yan Palach maydonidagi Praga universitetining falsafa fakulteti binosida otishma sodir qilgan. Shahar ichki ishlar boshqarmasi hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini maʼlum qildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchi yolg‘iz harakat qilgan deb hisoblamoqda. Politsiyada, shuningdek, otishma sodir etgan shaxs universitetning falsafa fakulteti talabasi bo‘lganligi haqida ham maʼlumotlar mavjud. Bir qator ommaviy axborot vositalari Devid Kozak ismli talaba otishmada gumon qilinganini maʼlum qilgan.
Universitetda kamida 24 kishi jarohat olgan. Shifokorlar 15 kishi halok bo‘lgani va 30 kishi yaralangani haqida xabar bergan.
O‘z navbatida, Chexiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vit Rakushanning aytishicha, chex huquq-tartibot idorasi otishma va xalqaro terrorizm o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida hali aniq maʼlumotga ega emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!