Maishiy havo tozalagichlarni bojxona bojidan ozod etish to‘g‘risidagi prezident farmoni kuchga kirganidan so‘ng o‘tgan 25 kun ichida O‘zbekistonga 13,7 ming dona havo tozalash uskunalari olib kirildi. Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati salkam 440 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu davr mobaynida tadbirkorlar va fuqarolar maishiy havo tozalagichlarni olib kirishda 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi bojxona bojini to‘lashdan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning 24-noyabrdagi “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan maishiy havo tozalash uskunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona boji bekor qilingan. Imtiyoz tadbirkorlik subyektlari bilan bir qatorda fuqarolarga ham tatbiq etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2025 yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming donadan ortiq maishiy havo tozalagichlar import qilingani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!