Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari kirish soʻzida “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpogʻistonning har bir shahar va tumani, qishloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borishini taʼminlash asosiy maqsadlardan biri ekanini taʼkidladi.
“Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng koʻp, yaʼni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan koʻp-koʻp muloqotlar qildim.
Ushbu davrda Qoraqalpogʻistonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik.
Hududda tadbirkorlik subyektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Birgina joriy yil fevraldagi tashrif doirasida hududni har taraflama rivojlantirish uchun 1,5 trillion soʻm mablagʻ ajratdik”, dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda ichimlik suv taʼminoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshishiga erishilganini taʼkidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!