Iordaniya hukumati 16-noyabr kuni Telegram messenjeriga kirişni çekladi. Uşbu çora raqamli xavfsizlikni kuçaytiriş, foydalanuvçilarni himoya qiliş hamda noqonuniy faoliyat va xavflarning oldini olişga qaratilgani bildirilgan. Bu haqda Amman News xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanişiça, messenjer kiberjinoyatçilik, tahdid va tovlamaçilikka kömaklaşiş, şuningdek, noqonuniy kontent tarqatiş uçun işlatilişining oldini oliş közda tutilgan.
16-noyabr kuni Iordaniyadagi foydalanuvçilar Telegram serverlariga ulanişda muammolarga duç kelgan. Xususan, xabarlar va multimedia fayllarini yuboriş hamda qabul qilişda qiyinçiliklar kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Telegram’ning bloklanişi mamlakatdagi çerkovda oktyabr oyida sodir etilgan hujumning uç taşkilotçisi ölim jazosiga hukm qilingani ortidan yuz bergan. Mazkur hujum oqibatida töqqiz kişi halok bölgan, 30 nafardan ortiq odam jarohatlangan. Biroq rasmiylar messenjerning bloklanişini uşbu hujum bilan rasman boğlamagan.
Ma’lumot uçun, iyul oyida Avstraliyaning onlayn xavfsizlik böyiça regulyatori ham Telegram’ga qarşi da’vo kiritgan. Unda platforma terroristik va ekstremistik mazmundagi ayrim postlarni öçirmagani ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!