$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Qaysi vitaminlar sizga juda zarur?

15:25 / 13.04.2024

Organizmning me’yorda ishlashi uchun vitaminlar zarur organik birikma hisoblanadi. Biroq ularning qay biri tanada qanday vazifa bajarishini bilasizmi?

Mutaxassisning fikricha, inson salomatligida ushbu organik birikmalarning o‘rni beqiyos. Misol uchun, A vitamini hujayralarning rivojlanishi, terining ko‘rkamligi, sochlar go‘zalligi, tirnoqlar salomatligi, ko‘rish quvvatining kuchli bo‘lishi, suyaklar mustahkamligi, yurak-qon tomir, nafas olish va reproduktiv tizimlarning yaxshi ishlashi va tashqi ta’sirlardan himoyalanishni ta’minlaydi.

Ushbu vitamin sabzi, sitrus mevalari, jigar, pishloq, tvorog, sut, tuxum, baliq va petrushkada ko‘p bo‘ladi. D vitamini esa tanada kalsiy va fosforning so‘rilishini tartibga soladi. Shuningdek, u suyaklar mustahkamligi, qonning me’yorda ivuvchanligi, shamollashdan himoyalanish, zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishi, yaxshi kayfiyat va yurak-qon tomirlar salomatligi uchun zarur.

Bu vitamin baliq yog‘i, echki suti, sariyog‘, pishloq, tvorog, tuxum sarig‘i, dengiz mahsulotlari, kartoshka, o‘simlik yog‘i, mol go‘shtida bisyor. Shuningdek, organizmda quyosh nuri ta’sirida ajralib chiqadi.
C vitamini — terining go‘zalligi, kuchli immunitet, soch va tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun kerak. U ko‘proq sitrus mevalari, sabzi, qizil karam, shivit, na’matak, chakanda moyi (oblepixa), qizil rangli mevalar, yashil no‘xat, turp va kivida mavjud.

K vitamini — tanadagi jarohatlarning tez bitishi, qon sifati va uning ivuvchanligi me’yorda bo‘lishiga yordam beradi. U karam, sabzi, ismaloq, qichitqi o‘t, na’matak, pomidor, qulupnay va ko‘k choyda mavjud.

Y vitamini — gormonlar hosil bo‘lishi, qon ivishi, asab to‘qimalari va immunitetni mustahkamlash, reproduktiv tizim faoliyatining yaxshi ishlashi, tashqi salbiy ta’sirlardan himoyalanishni ta’minlaydi. U asosan kungaboqar va zaytun yog‘i, go‘sht, qovoq, jo‘xori, sariyog‘, yong‘oq, sut mahsulotlari va jigarda bor.

B1 — organizmda uglevodlar almashinuvi, asab tizimi va miya uchun energiya ishlab chiqarish, jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi. U don mahsulotlari, dukkaklilar va kartoshkada ko‘p miqdorda bo‘ladi.

B2 — hujayralarga energiya ishlab chiqarish, ko‘z va teri salomatligi uchun zarur. Ushbu vitamin sut va sut mahsulotlari, jigar, bodom, tuxum, qo‘y go‘shti, qo‘ziqorin, grechka va tvorogda mavjud.

B6 — oqsillar so‘rilishi, asab tizimining yaxshi ishlashi va qon tomirlari sog‘lom bo‘lishi uchun kerak. U banan, ko‘k salat, yong‘oq, karam, bug‘doy kepagi va yangi undirilgan nihollari, losos balig‘i hamda go‘shtda bo‘ladi.

B12 — asab tizimi va ichaklar salomatligi, mustahkam xotira hamda immunitet va qizil-qon hujayralari ishlab chiqarish uchun zarur. U salat, turli baliq mahsulotlari, sut, pishloq, tuxum sarig‘ida ko‘p uchraydi.

Biotin — organizmda uglevod va yog‘lar sintezi, metabolik jarayonlarning faollashishida ishtirok etadi. U asosan jigar, sut mahsulotlari, soya, dukkaklilar, yong‘oqda bor.

Foliy kislotasi — yangi hujayralar o‘sishi va anemiyaning oldini oladi. U turli ko‘katlar, no‘xat, mol go‘shti va jigari, buyrak va tuxumda ko‘p miqdorda bo‘ladi.

Unutmang! Har qanday vitaminni faqat shifokor tavsiyasi bilangina qabul qilish zarur. Mutaxassis kishining yoshi, jinsi, sog‘lig‘i, turmush tarzi va boshqa omillarga qarab, qaysi vitaminlarni qancha miqdorda ichish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!