$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Qizini kaltaklagan ona reabilitatsiya markaziga joylashtirildi

09:08 / 24.11.2023

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahridagi do‘konlardan birida onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati bo‘yicha rasmiy munosabati bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 22-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida ro‘yxatda turuvchi muqaddam sudlangan fuqaro V.A. Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan gul do‘konlaridan biriga voyaga yetmagan farzandi V.I kirib gul so‘ragan vaqtida mast holatda qizini orqasidan kirib, haqoratlab, uni urishib, do‘kondan olib chiqayotganligi aks etgan video material tarqaldi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan holat yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borish maqsadida shu kunning o‘zidayoq ishchi guruh tuzildi.
O‘rganishlar davomida V.A. turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamasligi, doimiy ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilishi, doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning egalari bilan kelishib, uy yo‘laklarini tozalab kunlik daromad topishi aniqlangan.

Hozirgi kunda fuqaro V.A Toshkent shahar ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgani ma’lum qilindi. Voyaga yetmagan V.I Toshkent shahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, psixolog va pedagoglar tomonidan uning ruhiy holatini yaxshilash yuzasidan ishlar amalga oshirila boshlangan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, ona va bolaga yordam ko‘rsatish maqsadida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining mas’ul xodimlari biriktirilib, mazkur holatning kelib chiqishi va uni bartaraf etish yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Oldinroq mazkur holat Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingani va Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandik.

Shunindek, qizcha Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, onasini ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.


Bu ham qiziq

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi: manzillar röyxati

Toşkent şahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasi taşkil etilişi re…
10:33 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!