18 yoshli Axmat Qodirov Checheniston yoshlar ishlari vaziri bo‘ldi va respublikaning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlandi, deya xabar berdi viloyat parlamenti spikeri Daudov. Bungacha u sport va yoshlar siyosati bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
“Sizni Checheniston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha vaziri Axmat Qodirovni Qodirov ordeni bilan taqdirlangani bilan tabriklaymiz! Bugun sport festivalining ochilish marosimida unga Checheniston Respublikasining oliy mukofotini topshirganimdan mamnun bo‘ldim”, – deb yozadi u.
Daudovning qayd etishicha, bungacha kichik Qodirov “Birinchi harakat” bolalar va yoshlar harakatining Chechenistondagi hududiy bo‘limi kengashi raisi, shuningdek, respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!