Qoraqalpog‘iston voqealarida ishtirok etganlikda gumonlanuvchi 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, 24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.
Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramog‘ida Voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir ekanligi, ba’zi shaxslarning oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lganligi e’tiborga olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!