$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

Qo‘shma Shtatlarga yuborish uchun 14 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

15:53 / 05.01.2024

Xabar berilishicha, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

1999-yilda Oqdaryo tumanida tug‘ilgan, hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘qiydigan qarindoshi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborish evaziga undan 16 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Ammo, Iqtisodiyot va servis instituti talabasi so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, hozirda Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan oqdaryolik shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni Amerikaga ishga yuborishni vaʼda qilib, ulardan 41.600 AQSh dollari olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatida yashovchi, 1999- y.t. shaxs Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni aldab, tanishlari yordamida uni “Turkiya-Yevropa-Nikaragua-Meksika” orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga talab qilingan 17 ming AQSh dollaridan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

1991-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda AQSHning Ohayo shtatida yashovchi fuqaro va Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi, 1991-y.t. shaxs o‘zaro til biriktirib, Xovos tumanida yashovchi fuqaroni Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish, shuningdek, buning uchun zarur bo‘ladigan viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga undan 8200 AQSh dollari talab qilishgan.

Lekin, Yangiyer shahrida yashovchi shaxs 8100 AQSh dollari va 1 mln. 240 ming so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

 

 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

2017-2019-yillarda metroda 36 ta poyezd ishlagan. 2024-yil holatiga ko‘ra ularning soni 65 taga yetdi.
20:04 / 22.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Tramp Adliya vazirini Bosh prokuror qilmoqchi

Bu haqda prezident o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
10:01 / 22.11.2024
Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Isroil falastinlik bolalarni qamoqxonalarda saqlamoqda

Falastin asirlari ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil qamoqxonalarida 270 nafar falastinlik bolaning qo‘lga olingani haqidag…
09:08 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!