Qozogʻiston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) deputatlari yaqin atrofda faoliyat koʻrsatayotgan maktablar, bolalar bogʻchalari va boshqa ijtimoiy infratuzilmalar boʻlmasa, koʻp qavatli turar joy binolari qurishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda deputat Asxat Aymagambetovga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qonun loyihasi yaqinda Ostona va Kokshetaudagi maktablarda oʻquvchilarning koʻpayib ketishi fonida eʼlon qilingan. Sentyabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Ostonadagi ikkita maktab yoʻlagi va zinapoyasida bolalar tiqilinchda qolgani aks etgan video tarqalgan edi. Unda oʻquvchilarning bir qanchasi yordam soʻrab baqirgani ham eshitilgan. Har ikki maktab uch smenada ishlaydi.
Aymagambetovning soʻzlariga koʻra, ayrim hududlarda yangi taʼlim muassasalarining qurilishi “hatto maktab qurish uchun joy yoʻqligi” tufayli murakkablashmoqda. Uning taʼkidlashicha, mahalliy hokimiyat “maktabga tutashgan qoʻshimcha binolar orqali vaziyatdan chiqishga harakat qilmoqda”, ammo “bu yechim emas” va muammo tizimli yondashuvni talab qiladi.
“Qonun loyihasida, agar u yerda tayyor maktablar, bolalar bogʻchalari va ijtimoiy infratuzilma mavjud boʻlmasa, bunday koʻp qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat berish taqiqlanadi. U yerda bir smenali maktab boʻlsagina qurilishga ruxsatnoma beriladi. Bu muammoni hisobga olish kerak”, – deydi deputat.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!