$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ramazon oyida rahbar oʻz xodimlarini ishdan vaqtliroq ketishlariga ruxsat bera oladimi? – mutaxassis javobi

10:14 / 09.04.2022

Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shaʼbon oyining oxirgi kuni bizlarga xutba qildilar. Aytdilar... Kim Ramazon oyida qoʻl ostidagilarga yengillik yaratib bersa, Alloh uni magʻfirat qilib, doʻzaxdan ozod qiladi”. Bayhaqiy rivoyati.

Mehnat kodeksining 177-moddasi (Ish beruvchining burchlari) ga koʻra, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini taʼminlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga eʼtibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.

Demak, ish beruvchi xodimlarning ehtiyoj va talablariga eʼtibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart ekan. Xodimparvar rahbarlarga Ramazon oyida xodimlarga yengillik berish maqsadida quyidagi ayrim usullarni taklif qilinadi:

1-usul. Mehnat kodeksining 4-moddasi 2-qismiga koʻra, qonun hujjatlaridagiga nisbatan qoʻshimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yoʻsinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.

Demak, ichki lokal hujjatlarda, masalan, jamoa shartnomasida Ramazon oyida kundalik ish (smena) muddatini barcha xodimlar uchun 1 (bir) soatga qisqartirilishi belgilab qoʻyilishi mumkin.

2-usul. Mehnat kodeksining 127-moddasiga koʻra, xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi. Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusning muayyan davomiyligi qonunda belgilanmagan. MKning 127-moddasida faqat ish beruvchining tanaffus berish majburiyatigina qayd etilgan. Mehnat kodeksida: ish boshlanganidan keyin bunday tanaffus qaysi vaqtda berilishi lozimligi belgilanmagan hamda tanaffus vaqti cheklanmagan.

Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilab qoʻyiladi.

Demak, Ramazon oyida roʻzador xodimlar uchun biz amaliyotda koʻnikib qolgan 1 soatlik tushlik uchun tanaffus oʻrniga ularga dam olishi uchun 20 daqiqa berilsa, shunda roʻzador xodimlar 40 minut vaqtli ketishlari mumkin boʻladi.

3-usul. 1 soatlik tanaffus (tushlik vaqti)ni ish kunining (ish smenasining) oxiriga koʻchirib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Demak, tanaffus vaqtini xodim ish beruvchi bilan kelishgan holda oʻziga qulay vaqtga oʻtkazishi mumkin. Tanaffus vaqtini ichki mehnat tartibi qoidalariga oʻzgartirish kiritish orqali ham qulay vaqtga oʻzgartirish mumkin. Ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlar tomonidan berilgan iltimos va takliflar va kasaba uyushmalari orqali qilingan takliflarni inobatga olgan holda oʻzgartirilishi mumkin.


Boshqalar


														
														Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

														
														Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026

														
														Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Buxoroda 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasin…
11:40 / 04.11.2026

														
														Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026

														
														AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026

														
														Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) yangilangan jahon reytingida o‘zbekistonlik 22 yoshli tennischi Mariya Timofeyeva 63-o‘…
12:48 / 13.10.2026

														
														Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Medicare dasturida ro‘yxatdan o‘tgan 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka bir martalik 90 dol…
12:24 / 04.10.2026

														
														Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026

														
														Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida oqimga…
16:22 / 24.09.2026

														
														Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

AQShning Texas shtatida jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan og‘ir sharoitlar ortidan federal sudya barcha qamoqxonalarg…
12:14 / 24.09.2026

Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!