$
12004.02 UZS
85.04
₽
148.80 UZS
0.76
€
13361.67 UZS
77.97
31° Kechasi 18°

“Raqamli amneziya”: smartfonlar xotiramizni qanday buzadi?

14:13 / 06.08.2022

“Men hamma narsani tez unutaman” – bugungi kunda eng keng tarqalgan shikoyat turlaridan biri. Lekin bu smartfonlar qattiq bog‘lanib qolganimiz uchunmi? Cheksiz bildirishnomalar yangi xotiralarning shakllanishiga xalaqit beradimi? Olimlarning fikri bu borada ikkiga bo‘lingan.

Qo‘l ostimizdagi qurilmalarda xotira qancha ko‘p bo‘lsa, u bizning boshimizda kamroq bo‘ladi, degan shubha bor. Balki biz haqiqatan ham rejalashtirilgan uchrashuvlardan tortib ko‘chalarning joylashuvigacha bo‘lgan narsalarni eslab qolish qobiliyatini yo‘qotgandirmiz, chunki biz doimo telefondan ko‘rsatmalar kutamiz? “The Guardian” nashri mualliflari olimlar bilan “raqamli amneziya” masalani muhokama qildi. Bu hodisa ilk bor “KasperskyLab” tadqiqotida aytilgan, gadjetlardan faol foydalanish tufayli xotira va kognitiv qobiliyatlar yomonlashadi.

Olimlar bu borada ikkiga bo‘lingan. Sasseks universiteti psixologiya maktabining kognitiv nevrologiya professori Kris Byord epizodik xotira guruhini boshqaradi hamda smartfonlar insonning yodlash va eslab qolish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonmaydi.

Kris Byord:

“Biz har doim kerakli ma’lumotlarni tashqi manbalarga yukladik, masalan, qaydlar oldik. Bu bizga yanada murakkab hayot kechirishga imkon berdi. Endi biz ma’lumotni yanada ko‘proq yozamiz, lekin u diqqatni boshqa narsaga qaratish va boshqa xotiralarga sho‘ng‘ish uchun vaqtni bo‘shatadi. Men to‘xtash chiptasini suratga olaman, shuning uchun uning muddati qachon tugashini bilaman, chunki uni o‘zim eslab qolishim shart emas. Bizning miyamiz bir martalik aniq narsalarni eslab qolish uchun mo‘ljallanmagan. Buning uchun bizda qurilmalar bor”.

Monrealdagi MakGill universitetida xotira nevrologiyasini o‘rganuvchi professor Oliver Xardt esa ancha ehtiyotkor. Uning fikricha, biz xotiramizga ma’lumot yuklashni to‘xtatishimiz bilanoq, u zaiflashadi va bu bizni qurilmalardan yanada faolroq foydalanishga majbur qiladi.

“Biz hamma narsada smartfonlardan foydalanamiz. Agar resept uchun veb-saytga kirsangiz, tugmani bosasiz va u telefoningizga ingrediyentlar ro‘yxatini yuboradi. Bu juda qulay, lekin qulaylik qimmatga tushadi. Inson uchun yordamchilarga tayanmasdan, ongida ba’zi narsalarni qilish foydalidir”, – deydi u.

Neyrofiziolog Yelena Belova, “Xitchikerning (tekin sayohat qiluvchi) miyaga qo‘llanmasi” muallifi, yordamchi dastur hamda qurilmalardan haddan tashqari ko‘p foydalanish miya va xotiraga ta’sir qilmasligiga ishonadi.

Yelena Belova:

“Hamma narsada smartfonga tayanadigan odamning xotirasi yomonlashishi haqiqatdir. Biz hamma narsani internetda olish mumkinligini bilamiz, shuning uchun biz ba’zi ma’lumotlarni eslab qolishdan ham bezovtalanmaymiz. Bunga qodir odamlarning avlodlari bilimliroq va ko‘proq faktlarni bilishadi. Ammo zamonaviy shahar aholisi 20-30 yil oldingi odamga qaraganda ko‘proq ma’lumotga duch keladi. Axborot muhitining to‘yinganligi o‘sdi, jumladan, biz smartfonlardan foydalanishni boshladik. Insonlar turli sohalardagi tahliliy materiallarni o‘qishlari, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari bilan nima sodir bo‘layotganini bilishlari, yangiliklarni tekshirishlari mumkin. Odam xotiralarni to‘liq eslashni to‘xtatadi xolos.

Professor Oliver Xardt odamlarning GPS’ga haddan tashqari ishonib qolganini ham yoqtirmaydi: “Biz navigatordan uzoq vaqt foydalanish gipokampusdagi kulrang materiya zichligini kamaytirishini taxmin qilishimiz mumkin. Bu, o‘z navbatida, depressiya va boshqa psixopatologiyalar, shuningdek, demansning (psixologik faoliyatning buzilishi) ayrim shakllari xavfini oshiradi. GPS’ga asoslangan navigasiya tizimlari murakkab geografik xaritani qayta yaratishni talab qilmaydi. Buning o‘rniga ular sizga faqat “keyingi svetoforda chapga buriling” kabi yo‘nalish beradi. Bu ma’lum bir stimulga juda oddiy xatti-harakatlar javoblari xolos. Geografik xaritani bilish va kognitiv jihatdan murakkab hisob-kitoblarni talab qiladigan fazoviy strategiyalardan farqli o‘laroq, ular gipokampusdan unchalik foydalanmaydilar. Xaritani o‘qish qiyin, shuning uchun biz uni qurilmalar zimmasiga topshirib qo‘yganmiz. Ammo murakkab narsalar odamlar uchun foydalidir, chunki ular bizning umumiy kognitiv faoliyatimizga ta’sir qiluvchi jarayonlar va miya tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.

Yelena Belovaning ta’kidlashicha, hamma narsa qayerda ekanligini tushunish funksiyasi uzoq muddatli xotira shakllanadigan asosiy substratdir. Bu shuni anglatadiki, navigatsiya qilish qobiliyati uzoq muddatli xotiralarni shakllantirish va saqlash qobiliyatiga bevosita bog‘liq. Shu sababdan GPS insonga hech qanday yordam bermaydi.

Chalg‘itish – o‘rganishning dushmani

Olimlarning fikricha, har qanday smartfonning yana bir xususiyati uzoq muddatli xotiraning shakllanishiga xalaqit beradi. Bu cheksiz xabarlar oqimidir.

Yelena Belova:

“Qurilmalarni ko‘p ishlatadigan va ko‘pincha vazifadan vazifaga tezroq o‘tadigan odamlardir. Shu bilan birga, bildirishnomalarning kiritilishi va yaqin masofada telefonning mavjudligi odamning vazifani yengish qobiliyatini sezilarli darajada yomonlashtiradi. Uzoq muddatli xotira e’tiborni talab qiladi va u smartfonlardan aziyat chekadi. Biror narsani eslab qolish uchun siz unga diqqatni jamlashingiz kerak. Vaziyat bilan kognitiv o‘zaro ta’sir qanchalik chuqurroq va sodir bo‘layotgan narsalarni qayta ishlaydigan asabiy aloqalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, odam voqealarni shunchalik yaxshi eslab qoladi.

Kembrij nevrologi Barbara Saakyan bu hususda dalillarga ega. U 2010 yilda o‘tkazilgan tajribada uch xil guruh o‘qish vazifasini qanday bajarishi kerakligini tasvirlaydi. Bir guruh boshlanishidan oldin tezkor xabarlar almashdi, ikkinchisi vazifani bajarish paytida bu bilan chalg‘iydi, uchinchi guruh ishtirokchilari esa hech kim bilan aloqa o‘rnatmaydi. Keyin ularga matnni tushunish testi topshirildi. Tadqiqotchilar topshiriq davomida xabar olgan odamlar o‘qiganlarini eslay olmasligini aniqladi.

Psixolog va professor Larri Rozen o‘zining “Chalg‘igan aql” kitobida smartfonni chalg‘itadigan narsalar bilan kurashish taktikasi bilan o‘rtoqlashadi. Bunday taktikalardan biri texnik tanaffuslardir.

“Telefoningizdan bir daqiqa foydalaning, so‘ng 15 daqiqaga signal o‘rnating va smartfoningizni qo‘ying. Ovozni o‘chiring, telefoningizni yuzini pastga qarating va boshqa biror ish qiling. Signaldan so‘ng siz yana bir daqiqalik texnik tanaffusga ega bo‘lasiz. Qurilmasiz 15 daqiqalik konsentrasiya vaqtiga o‘rganguningizcha davom eting va keyin bu vaqtni 20 daqiqagacha oshiring. “Agar siz oldin va keyin 1 daqiqalik texnik tanaffuslar bilan 60 daqiqa diqqatni jamlay olsangiz, bu muvaffaqiyatdir”, – deya yozadi Rozen.

Profilaktika choralari

Oliver Xardt miyaning haddan tashqari ko‘p ishlashini erta demensiya ehtimolini oshiradi:

“Aqlingiz va epizodik xotira yoki kognitiv moslashuvchanlik kabi murakkab narsalar uchun mas’ul bo‘lgan tizimlardan qanchalik kam foydalansangiz, demans rivojlanishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Misol uchun, agar siz universitet professori bo‘lsangiz, demans bilan kasallanish juda qiyin ekanligini ko‘rsatadigan tadqiqotlar mavjud. Buning sababi shundaki, bu odamlar aqlliroq emas, balki ular juda qariguncha aqliy kuch talab qiladigan ishlar bilan shug‘ullanishadi.

Gap smartfonning o‘zida emas, balki undan qanday foydalanishimizda ekanligi aniq. Telefon ekranidan siz murakkab kitoblarni o‘qishingiz, jumboqlarni yechishingiz, yangi tillarni o‘rganishingiz mumkin. Hatto miya mashg‘ulotlari uchun maxsus ilovalar mavjud, ammo ular haqiqatan ham samaralimi?

Yelena Belova:

“Ushbu ilovalarning ba’zilari, katta ogohlantirishlar bilan, aslida kognitiv zaiflashuvi bo‘lgan odamlar uchun foydalidir. Ammo haqiqat shundaki, bu natijalarni ochib beradigan tadqiqotlar odatda dasturlarni yaratuvchilarning o‘zlari tomonidan topshiriladi, shuning uchun bunday bayonotlarni “yuzga bo‘lish” kerak.

Masalan, depressiya darajasini kuzatadigan, odamga o‘z vaqtida og‘ishlarni sezish va mutaxassis bilan bog‘lanish imkonini beradigan boshqa ilovalar mavjud. Konsentrasiyani saqlashga yordam beradigan alohida meditasiya dasturlari ham bor. Ammo kelajakda kognitiv holatimni yaxshilash uchun ko‘p qurilmalarga tayanib qolmayman”.

Kognitiv pasayish xavfini kamaytirmoqchi bo‘lganlar uchun Yelena Belova quyidagi tavsiyalarni beradi:

Yaxshi niyat, yaxshi uyqu, yaxshi tush. Uyquning buzilishi depressiyaga, qarilikda esa kognitiv buzilishlarga olib kelishi mumkin. Uyqudan oldin smartfondan foydalanadigan odamlar, boshqalarga qaraganda ko‘proq sog‘liq muammolariga duch kelishadi. Tungi smena funksiyasi telefon ekranidagi kuchli oq yorug‘lik melatonin ishlab chiqarishga xalaqit berishi va uyqu sifatini yomonlashtirishi aniq bo‘lgandan so‘ng joriy qilingan. Shuning uchun, yotishdan oldin, telefondan butunlay voz kechish yoki yorug‘likni sariq va kuchsizroq qilish yaxshiroqdir. Uyquning sifati insonning kognitiv funksiyalariga bevosita ta’sir qiladi.

Doimiy jismoniy faoliyat. Ham aerobik, ham quvvat yuklari muhim, ularni almashtirish yaxshiroqdir.

Yangi tajriba va taassurotlar olish, yangi faoliyat va ko‘nikmalarni egallash.

Ijtimoiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash, hissiy va ijobiy muloqot, odamlarga yordam berish, ko‘ngillilik

“Kognitiv funksiyalarni yaxshilash texnikasi samarali bo‘lishi uchun nima qilish kerakligi haqidagi bobo-buvilarimizning maslahatlariga juda o‘xshaydi. Bu yerda hamma narsa oddiy, ammo bajarish qiyin va shunga qaramay, kognitiv holatni, umuman hayot sifatini yaxshilash uchun juda foydali”, – deydi Belova.

Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, irsiyat muhim rol o‘ynaydi. Aql-idroki past bo‘lgan odamlarda demans xavfi yuqori bo‘ladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, irsiyat bizning nazoratimiz ostida emas, lekin kundalik faoliyatimizni boshqarishimiz mumkin. Biz miyani qanchalik ko‘p zo‘riqtirsak va o‘rgansak, shuncha yaxshi. Ammo agar irsiyat bizni tushkunlikka solgan bo‘lsa, unda bunday mashg‘ulotlar demansning boshlanishini faqat kechiktirishi mumkin, lekin katta ehtimol bilan uni butunlay bekor qilmaydi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!