$
12048.04 UZS
-51.14
153.28 UZS
-0.54
14062.47 UZS
-71.79
31° Kechasi 18°

“Rasmiylar bunday noxush hodisani yashirishadi” – Abdurahmon Tashanov

16:50 / 23.07.2022

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida joylashtirgan postida Toshkent viloyatida joylashgan “Tovoqsoy” qamoqxonasida saqlanayotgan 20-yoshli maxbus Alisher Yakubov o‘zini yuqori qavatdan tashlab o‘z joniga qasd qilgani haqida yozgan va buni qamoqxona xodimlarining muntazam qiynoqlari natijasida yuzaga kelgan deb o’ylashini ta’kidlagan. Uning fikricha, qamoqxona rasmiylari ushbu xodisa haqida bor haqiqatni ochiqlamay yashirishadi.

“20 yashar Alisher Yakubov 2020-yilning fevralida 10 yilga qamalgan. U shu yilning 25-iyunida o‘z joniga qasd qilgan, o‘zini yuqori qavatdan tashlagan.

Hozir bir ahvolda “Sangorod”da yotibdi. Shu yilning yanvarida otasi Elmurod akaga o‘zining muntazam qiynoqlarga tutilayotgani haqida xat yozgan.

“So‘nggi marta o‘g‘lim 20 yoshga to‘lgan 10-aprel kuni onasi bilan birgalikda ko‘rib kelgandik. Ertasigayoq bolamni karserga yopishibdi”, – deydi Elmurod Yakubov.

Uning aytishicha, Alisher joniga qasd qilgani haqida oradan 4 kun o‘tib, yaqinlariga xabar berishibdi. Orada mazkur hodisa bo‘yicha bir odamni ishdan bo‘shatishibdi. Surishtiruv xulosalari borasida esa hech nima deyishmayotgan ekan.

Sud hukmi bilan qamalgan bu yigitcha panjara ortiga kirganida 18 yoshda edi. Bosh miyasida bolalikdan jarohati bor ekan, “Ezgulik”ka qilgan murojaatiga qo‘shib bir dunyo tibbiy xulosalarni ham taqdim qilishgan boyaqishlar.
Talabi – qiynoqqa solgan o‘sha zo‘rovonlarga nisbatan chora ko‘rdirish ekan, advokatga qo‘li kalta ota-onaning. Koloniya ma’muriyati esa bolaning o‘zini irodasizlikda ayblamoqda.

Ko‘rinadiki, irodasiz bo‘lsangiz, qamoqqa tushmang. Aks holda, siz uchun hech kim javob bermaydi. Rasmiylar bunday noxush hodisani yashirishadi, go‘yo hamma yoq chaman, gullab ketgan, yashnab ketgan.

Bilamizki, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz konstitusiyaviy islohotlar bilan band. Unda qiynoqqa qarshi milliy preventiv mexanizmlar guruhi qani? Ombudsman qayerda?

Biz yangi qomusimiz loyihasini inson huquqlariga oid go‘zal normalar bilan to‘ldirayotgan pallada irodasizlar joniga qasd qilib o‘tiribdi. Ertaga soha mulozimlari bu masala bo‘yicha jimjimador bayonot qilishsa kerak. Hartugul, bunga ko‘nikib qoldik.

Irodangizni mustahkamlang! Zo‘rovonlik qarshisida dovdirab qolmang, aksincha biz ham bu negativ holatlarni yozaverishdan zerikib qolamiz.

Darvoqe, o‘g‘limga zulm qilayotganlarning buyurtmachilari tashqarida", deydi alamzada ota.

“Bunaqa demang-yey, ishlam kallamay qoladi, bizning qamoqlarimiz eng mustahkam qo‘rg‘on” dedim faxrlanib”, – deb yozadi O‘zbekiston inson huquqlari faoli “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida.


Bu ham qiziq

14-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

14-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:23 / 13.01.2026
Ukraina mudofaa vaziri almashdi

Ukraina mudofaa vaziri almashdi

Ukraina Oliy radasi mamlakat mudofaa vazirligiga yangi rahbar tayinladi. Qonunchilar Mixail Fyodorov nomzodini ma’qulladi.
17:53 / 14.01.2026
Toshkentdagi avtoparkda to‘xtab turgan avtobus yonib ketdi

Toshkentdagi avtoparkda to‘xtab turgan avtobus yonib ketdi

Toshkent shahridagi “5-avtobus saroyi” filiali hududida avtobus yonib ketdi.
09:35 / 13.01.2026
Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qiz avtomobil urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qiz avtomobil urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqalgach, Jizzax viloyati YHXB matbuot xizmati ushbu YTH 2025-yil 7-dekabr kuni…
11:42 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Erondagi namoyishlarda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Burxonov, shuningdek, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko…
10:33 / 14.01.2026
G‘azoda qariyb 95 000 bola to‘yib ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqda – BMT

G‘azoda qariyb 95 000 bola to‘yib ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqda – BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo sektorida bolalar o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaslik darajasi xavfli bosqichga yetganidan…
17:47 / 13.01.2026
O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari alohida qonun bilan tartibga solinadi

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari alohida qonun bilan tartibga solinadi

Regulyator muddatli to‘lov xizmatlarini qarz oluvchilarning qarz yuklamasini hisoblashga va belgilangan limitlarga rioya qil…
11:55 / 14.01.2026
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar joriy etiladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va imtiyozlar joriy etiladi

Endi O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarga harbiy qismning oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtihon to…
17:13 / 13.01.2026
Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “dom”da yong‘in chiqdi

Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:11 / 14.01.2026
Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!