Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar
Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;
Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;
Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish uchun tarixiy imkoniyat ochilmoqda;
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;
Mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga o‘tish vaqti keldi;
Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik mustahkamlanadi, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlar kengaytiriladi, umumiy raqamli xizmatlar va investitsiya platformalari rivojlantiriladi; Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak; Ekologik tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaydi, shunday ekan, ularga javob choralari ham umumiy bo‘lishi kerak;
Gumanitar aloqalar Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi;
Zamonaviy hamkorlik chuqurlashgani sari umummintaqaviy o‘ziga xoslik va xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik yanada mustahkamlanmoqda;
Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizdadir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!