AQSh armiyasining 101-havo-desant diviziyasi, agar Moskva va Kiyev o‘rtasida keskinlik kuchaysa yoki NATOga a’zo davlatga hujum bo‘lsa, Ukraina hududiga kirishga tayyor.
Bu haqda diviziya qo‘mondonlik shtabi ma’lum qildi.
“Biz NATO tuprog‘ining har bir qarichini himoya qilishga tayyormiz”, - dedi diviziya qo'mondoni o'rinbosari brigada generali Jon Lubas.
Shuningdek, 2-brigada jangovar guruhi qo‘mondoni, polkovnik Edvin Metteydess AQShning Ruminiyaga yuborilgan qo‘shinlari Rossiya kuchlarini yaqindan kuzatganini ma’lum qildi.
Keltirilishicha, Kentuki shtatidagi Fort-Kempbelldagi 101-havo desantining uy bazasidan 4700 ga yaqin askar NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun safarbar etilgan.
Qo‘mondonlarning ta’kidlashicha, agar urush hajmi kattalashsa yoki NATOga biron bir hujum bo‘lsa, AQSh harbiy qo‘shini chegarani kesib o‘tishga to‘liq tayyor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!