$
12175.53 UZS
-4.28
155.08 UZS
-1.65
14151.62 UZS
12.08
31° Kechasi 18°

Moziy 2 | Qashqadaryo tarixi

17:34 / 19.08.2025

Qashqadaryo — Hisor tizmasi etaklari bilan Qarnob–Mirzacho‘l tekisliklari oralig‘idagi qadimiy voha. Bugungi ma’muriy birlik — Qashqadaryo viloyati — sobiq SSSR davrida 1964-yilda tashkil etilgan bo‘lib, markazi Qarshi hisoblanadi. Viloyat hududida qadimiy Kesh (Shahrisabz) va Nasaf–Naxshab (Qarshi atrofi) singari tarixiy markazlar joylashgan bo‘lib, ular ming yilliklar davomida Sug‘d diyori siyosiy-madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. Ushbu maqolada siz viloyat tarixiga oid ko‘plab qiziqarli va muhim ma’lumotlarni topasiz. Demak, bizda “Moziy” sahifasi davom etadi 2-son Qashqadaryo viloyati tarixi.

Qadimgi Sug‘d vohasi: Kesh va Naxshabning ildizlari

Antik va ilk o‘rta asr yozma manbalarida bugungi Qashqadaryo hududi So‘g‘diyona tarkibidagi janubiy shahristonlar qatorida tilga olinadi. Shulardan Kesh (hozirgi Shahrisabz) va Nasaf (Naxshab) – Qarshi atrofidagi qadimiy shahar alohida ajralib turadi. Qadimgi-o‘rta asriy Sug‘d markazlari ro‘yxatida Kesh va Naxshab tilga olinishi, bu hududning erta shaharlashuv jarayoniga kirganini ko‘rsatadi. Ilk temir davrida O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan So‘g‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, So‘g‘diyona nomlari bilan atalagan. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozircha aniq va yakuniy fikrlar mavjud emas. Tadqiqotchi V. Tomashek bu nomni eroncha “Sus” –“yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, O. Smirnova esa bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoda tilga olingan “Sug‘d makoni Gava” So‘g‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. A.Sagdullayevga ko‘ra, Gava -“buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan. Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini o‘z ichiga oluvchi Qadimgi So‘g‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar mavjud. Gerodot esa sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi – sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan.

Yerqo‘rg‘on — Qarshi vohasining qadim shahar yodgorligi

Qadimgi Naxshab, Nasaf nomlari bilan mashhur shaharning qadimgi xarobalari hozirgi Yerqo‘rg‘onda joylashgan bo‘lib, Qarshidan taxminan 10 km uzoqlikda joylashgan Yerqo‘rg‘on - IX–VIII asrlargacha ichki va tashqi devorlar bilan o‘ralgan yirik shahar yodgorligi sifatida ilmiy adabiyotlarda qayd etiladi.

Yerqo‘rg‘onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo‘lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o‘ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qal’a ichidagi qo‘rg‘on, shahar ibodatxonasi, maqbara, zardushtiylik ibodatxonasi, hunarmandlar mahallalari qazib olingan. Yerqo‘rg‘on atrofida, butunlay yo‘qolib ketgan, o‘zaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar bo‘lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng jihozlangan shahar oldi hududi g‘arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho‘zilgan. Yerqo‘rg‘ondagi shahar VI asrda eftalitlar davlatini ishg‘ol qilish davomida Turk xoqonligi va Eron sosoniylarining birlashgan kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan. So‘nggi tadqiqotlar hududni Qarshi vohasining eng qadim va eng yirik markazlaridan biri sifatida baholaydi. U yerda kulolchilik kvartallari va ko‘p asrlik ustaxonalar tizimi aniqlangan.

Yerqo‘rg‘on shahri qazilmalaridan olingan ko‘plab buyumlar to‘plami Qarshi vohasi hamda poytaxt shahri tarixi va madaniyati bir necha bosqichda rivojlanganligini isbotlashga yetarli asos bo‘la oladi.

Islomiy davr boshlanishi

VIII–X asrlarga kelib, Movarounnahrda islom dini va musulmon ma’muriyati qaror topishi bilan Nasaf ilm-fan va hunarmandchilik rivojlangan shaharlar sirasiga kiradi. IX–X asrlar geografik-tarixiy asarlarida Nasaf tovar ayirboshlash, irrigatsiya va ziyorat markazlari bilan bir qatorda tilga olinadi. Bu voha islomiy madaniyatning barqarorlashuviga erta qo‘shilganini ko‘rsatadi.

VIII asr oxiri va IX asrning boshlarida Nasaf va Keshda yirik hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. Bu maktablarda islom olamining turli mamlakatlaridan kelgan talabalar bilim olgan. X asrda Ahmad ibn Muhammad at-Tadyoniy, Hammad ibn Shokir an-Nasafiy, Abdulmo‘min ibn Xalaf an-Nasafiy, al-Lays ibn Nasr al-Kojariy, XI asrda Abdulaziz ibn Muhammad an-Naxshabiy, Muhammad ibn Ahmad al-Baladiy, al-Hasan ibn Ali al-Hammadiy an-Naxshabiy kabi olimlar butun islom olamida shuhrat topgan edilar. Nasaf shahri tarixi va bu yerdan yetishib chiqqan allomalar merosini o‘rganishda Abdulkarim as-Sam’oniyning “Al-Ansob” asari alohida o‘rin tutadi. Asarda musulmon dunyosida, xususan Movarounnahrda VIII-XII asrlarda yashab o‘tgan olimlar, adiblar va shoirlar haqida boy ma’lumot bor. Unda nasaflik olimlarga ham keng o‘rin berilgan. “Nasaf – Movarounnahr shaharlaridan. Avvalgi nomi – Naxshab. Bu shaharda qariyb ikki oy turdim va u yerning ko‘p olimlaridan ta’lim oldim. Bu shahardan o‘z fanining ko‘p mutaxassislari yetishib chiqqanlar. Ularning sanog‘iga yetish qiyin”, – deb yozadi as-Sam’oniy.

Olimning qayd etishicha, X-XII asrlarda Nasaf musulmon olamidagi yirik shaharlardan bo‘lgan. O‘sha zamonda Madina ya’ni yirik shahar nomi bilan ataladigan 8 shahar mavjud edi. Bular – Madinai munavvara, Bag‘dod, Isfahon, Nishopur, Marv, Buxoro, Samarqand va Nasaf. “Al-Ansob” kitobida Nasaf atrofidagi 50 dan ortiq qishloq va bu yerlardan yetishib chiqqan 180 ga yaqin allomaning nomi qayd etilgani ham o‘sha paytdagi taraqqiyotdan darak beradi. Qashqadaryo vohasida yashagan allomalar haqidagi yana bir nodir asar - Najmiddin Nasafiyning keyingi yillarda bosilib chiqqan “Samarqandiya” kitobidir. Unda ham o‘nlab Nasafiy, Kosoniy, Kasbaviy, Bazdaviy va Keshiylarning nomlari qayd etilgan.

Mo‘g‘ullar va Chig‘atoy davri: “Qarshi” nomining kelib chiqishi

O‘rta Osiyoga yurish boshlagan Chingizxon ketma-ket O‘tror, Buxoro, Samarqandni egallagach, navbat Naxshabga keladi va mo‘g‘ullar qo‘shini 1220-yilning yozida Naxshab (Qarshi)ga bostirib kiradi va uni egallaydi. Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy otasi vafotidan keyin Movarounnahr va Sharqiy Turkiston yerlari egalik qilgan. XIII–XIV asrlarda Chig‘atoy ulusi hukmdorlari Nasaf atrofida saroy-qal’alar barpo etgan. “Qarshi” atamasi mo‘g‘ul-turkiy kontekstdagi “qo‘rg‘on, saroy” ma’nosi bilan izohlanadi. Aynan shu turkumdagi saroy-qal’adan keyin toponim shahar nomiga aylangani haqidagi ma’lumotlar sharqshunoslik adabiyotlarida uchraydi. Ya’ni, hozirgi Qarshi nomining shakllanishi Chig‘atoy davri saroy-inshootlari bilan bog‘liq.

Movarounnahrdagi bu o‘zgarishlarni XIV asrning 30-yillarida bu yerga kelgan arab sayyohi Ibn Batuta ham yozib qoldirgan. Sayyoh qoldirgan boy ma’lumotlarga ko‘ra ham Chig‘atoy ulusidan bo‘lgan Kebekxon Nasaf shahri yonida o‘ziga bir saroy qurdirib mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb atagan.

Amir Temur zamoni: Kesh (Shahrisabz)

“Shahrisabz” nomi fors tilidan olingan va “yashil shahar” degan ma’noni anglatadi. Manbalarda aytilishicha, shaharning qadimiy nomi “Kesh” hisoblangan va u eramizdan oldingi davrlarda ham mavjud bo‘lgan. Shahar qadimgi ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bo‘lib, savdo va madaniy almashinuv nuqtasi hisoblangan. Ipak yo‘li orqali o‘tgan sayyohlar va savdogarlar Keshda to‘xtab, o‘z madaniyatlari va mahsulotlarini olib kelishgan, natijada bu hudud boy va rang-barang madaniyatga ega bo‘lgan.

Shahrisabzning tarixidagi eng muhim davrlardan biri buyuk sarkarda Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. XIV asrning oxirlariga kelib, Amir Temur o‘z saltanatini kengaytirib, Markaziy Osiyoni yagona hokimiyat ostiga birlashtirgan. Uning hokimiyat markazi Samarqand bo‘lgan bo‘lsa-da, tarixchilarning yozishicha Shahrisabz uning “yurak amri” bo‘lgan. Temur Shahrisabzni qayta qurdirib, uni o‘zining shonli vatani sifatida rivojlantirishga intilgan. Aynan Amir Temur va uning avlodlari tomonidan bunyod etilgan ko‘plab tarixiy obidalar bugungi kunda ham mavjud.

Ulardan:

Oqsaroy — me’moriy yodgorligi. Shahrisabzning shimoliy- sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, hashamatli bo‘lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtoqi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. 20 yil davomida qurilgan bu bino to‘g‘risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha ma’lumot beradi: “Temur ishga yaroqli bo‘lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga ko‘chirish uchun buyruq berdi… Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur”. Yozma manbalarga ko‘ra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur ma’lumotlariga ko‘ra, hovli o‘rtasida hovuz, to‘rida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida Haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtoqida Arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo‘lgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Ranglarning oy yorug‘ida jilolanib- oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.

Dorus-Saodat – Shahrisabzning janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, u “hokimiyat manbayi” degan ma’noni anglatadi. Bu Amir Temur tomonidan 1392-yilda qurib bitkazilgan 3500 kvadrat metrlik maqbaralar majmuasidir. Dorus-Saodat maqbara majmuasi qurilish ishlarida Xorazm ustalari tomonidan yaratilgan O‘zbekiston me’morchiligining eng yaxshi namunalari o‘z aksini topgan. Dorus-Saodat tashqi gumbazining balandligi 27 metr bo‘lib, old arkda portal bo‘lgan. Binoning old tomoni turli rangdagi mayolika bilan bezatilgan, binoning katta qismi esa ko‘k rangga bo‘yalgan. Majmua Amir Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongirning 1375-yilda 22 yoshida otdan yiqilib vafot etganidan keyin qurilgan. Og‘ir judolikdan keyin Amir Temur Xorazm imperiyasining turli qismlarida yashovchi eng yaxshi me’morlarni chaqirib, o‘g‘li xotirasiga eng chiroyli maqbara qurishga qaror qiladi.

Dor-ut tilovat – memorial majmua 1370-1371 yillarda Shamsiddin Kulolning o‘limidan so‘ng barpo qilingan. Uning qabri arbob ko‘milishi bilanoq, ko‘plab izdoshlari uchun ziyoratxonaga aylangan. Amir Temurning hukmronligi davrida Kulolning maqbarasi marmardan ishlangan toshtaxta bilan qoplangan. Keyinroq, Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Shamsiddin Kulol qabri tepasiga soddagina gumbazli maqbara qurilgan. Ko‘k Gumbaz masjidi maqbara qarshisiga 1435-yil qurilgan. Kirish qismidagi yozuv Ulug‘bek tomonidan uning otasi Shohrux buyrug‘i bilan qurilgan. Bu masjid ham Shahrisabzdagi jome masjidi hisoblanadi.

1437–1438-yillar, masjid qurilishidan ikki yil o‘tgach, Ulug‘bekning buyrug‘i bilan Temuriylar avlodi va a’zolari uchun Shamsiddin Kulol maqbarasining janubiy devori ortiga maqbara qurilgan. XV-XVII asrlarga tegishli marmar qabr toshlari orasida termiziylar Sayidlariga tegishli ismlarini ham uchratish mumkin.

Shunday qilib, Dor-ut-Tilovat madrasasining ichki hovlisi atrofida XIV-XV asrlar orasida bir yirik memorial majmua hosil bo‘lgan bo‘lib, Shamsiddin Kulol maqbarasi, go‘rxonali Amir Tarag‘ay madrasasi, masjidi va Ulug‘bek maqbarasidan tashkil topgan. Dor-ut Saodat va Dor-ut Tilovat — ikki yirik memorial majmuasi orasida qadimiy qabr joylashib, u yerga mahalliy zodagon a’zolari va amaldorlari ko‘milgan.

Yuqorida sanab o‘tganlarimiz barchasi bugungi kunda UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatida turadi.

Rossiya imperiyasi va XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar

Qashqadaryo hududi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarkibida bo‘lgan. Amirlik 1868-yilda Rossiya imperiyasi bilan shartnoma imzolab, Rossiyaning protektorati ya’ni yarim mustamlakaga aylangan. Shu bois Qashqadaryo bevosita Turkiston general-gubernatorligiga qo‘shilmagan bo‘lsa-da, Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ta’siri bu yerda kuchli bo‘lgan. Amirlikning tashqi siyosati, savdo yo‘llari, bojxona va temiryo‘l masalalari Rossiya tomonidan nazorat qilingan.

Rossiya imperiyasi Qashqadaryoda paxta yetishtirishni kengaytirishga katta e’tibor beradi. Mahalliy dehqonlar don ekinlari hisobidan paxtaga o‘tishga majbur bo‘ladilar. Bu esa hududda oziq-ovqat taqchilligini kuchaytirdi. Qarshi vohasida savdo yo‘llariga xizmat qiluvchi bozorlar faoliyati jonlandi, ammo savdo asosan Rossiya foydasiga ishlagan.

Amirlik orqali Rossiyaga paxta eksporti oshdi, aksincha, sanoat mahsulotlari tashqaridan keltirilgan. Bu mahalliy hunarmandchilikni inqirozga olib kelgan. Rossiya siyosati ta’siri bilan amirlikda ham yerlarning katta qismi amaldorlar va boylar qo‘lida to‘planib, oddiy dehqonlar ancha qashshoqlashadi.

Shuningdek, XX asr boshida jadidchilik harakati sabab Qarshi va Shahrisabzda jadid maktablari paydo bo‘la boshladi. Ular zamonaviy fanlarni o‘qitishga, milliy uyg‘onishga xizmat qilgan.

Ma’muriy birlikning vujudga kelishi

Bugungi Qashqadaryo viloyati ma’muriy jihatdan 1926-yilda dastlab Qashqadaryo okrugi sifatida tashkil etilgan, lekin keyinchalik tugatilgan. 1964-yilga qadar bu hudud asosan Surxondaryo viloyati va boshqa viloyatlar tarkibida bo‘lib turgan. 1964-yil 20-yanvarda O‘zbekiston SSR tarkibida Qashqadaryo viloyati tashkil etildi. Markaz sifatida Qarshi shahri belgilandi. Viloyat tarkibiga Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Koson, G‘uzor, Muborak, Kasbi, Nishon, Chiroqchi va boshqa tumanlar kiritildi. Shundan beri viloyat O‘zbekistonning muhim ma’muriy-hududiy birligi sifatida mavjud.

Qarshi-Xonobod harbiy aerodromi

Bu Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Xonobod qishlog‘ida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli aviabaza bo‘lib, hozirda baza O‘zbekiston havo kuchlariga tegishlidir.

1954–1981 yillar mobaynida bu yerda Sovet Ittifoqining 735-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan. 1992-yil iyun oyida baza Sovet Ittifoqidan O‘zbekistonga o‘tgan. Keyinchalik u 60-alohida aralash aviatsiya brigadasi bazasiga aylangan. Aerodrom Qarshi shahriga 13 km masofada joylashgan.

2001–2005-yillarda AQSh qo‘shinlari Afg‘oniston operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida Qarshi-Xonobod aerodromidan foydalangan. Keyinchalik mazkur baza atrofidagi ekologik xavflar va salomatlikka ta’siri yuzasidan AQShda keng jamoatchilik muhokamalari va rasmiy tekshiruvlar ham bo‘lib o‘tgan.

Mustaqillik davri

Qashqadaryo bugun O‘zbekiston energetika, gaz-kimyo majmuasining yadro hududidir. Muborak gazni qayta ishlash zavodi mintaqaning gaz klasterida markaziy bo‘g‘inlardan biri bo‘lib, gazni quritish-tozalash va tayyorlashning yirik quvvatlariga ega. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi esa polietilen va boshqa polimer mahsulotlari ishlab chiqarishi bilan mamlakatning eksport salohiyatini oshirmoqda. Qarshi yaqinidagi gazdan suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi yirik GTL zavodi viloyat sanoatining asosiy tayanchlaridan biri sanaladi. Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida 2010-yillarda qurilgan yangi bug‘-gaz bloklari mintaqaning elektr ta’minotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo — So‘g‘diyona merosi, Temuriylar me’morligi va sovet-zamonaviy melioratsiya-energetika loyihalari birlashib ketgan noyob tarixiy hudud. Kesh–Shahrisabz Temuriylar davrining ulug‘vor yodgorliklari bilan dunyoga tanilgan bo‘lsa, Nasaf–Qarshi vohasining Yerqo‘rg‘on singari qadimgi shaharlari bu yerlarda qadimdan rivojlangan dehqonchilik-hunarmandchilik an’analarining ildizlarini ko‘rsatib beradi.

Tayyorladi: Azimjon Shodmonov


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun “Daromadli ayol” dasturi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun “Daromadli ayol” dasturi ishga tushiriladi

Ushbu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ziyod resurs yo‘naltiriladi.
16:28 / 06.03.2026

														
														O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan ayollarga OTMga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan ayollarga OTMga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi

Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda a…
16:13 / 06.03.2026

														
														Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

“Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan”, – deyiladi xabar…
14:26 / 06.03.2026

														
														7-mart kuni uchun ob-havo ma’lumoti

7-mart kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.
14:00 / 06.03.2026

														
														O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda

9–12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 9–11-mart kunlari respublika bo‘ylab vaqt-v…
13:45 / 06.03.2026

														
														Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bil…
11:16 / 06.03.2026

														
														Samarqandda sudya 300 dollar pora bilan ushlandi

Samarqandda sudya 300 dollar pora bilan ushlandi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” b…
10:13 / 06.03.2026

														
														BMW urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimining oilasiga uy berildi

BMW urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimining oilasiga uy berildi

Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘i…
09:50 / 06.03.2026

														
														O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan tel…
09:17 / 06.03.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda ilk bor bir vaqtning o‘zida o‘n nafar ayol sudya davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Tasavvu…
17:13 / 05.03.2026

Bu ham qiziq

Havo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi

Havo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi.
19:41 / 04.03.2026
Dohada qiyin ahvolga tushib qolgan 91 nafar o‘zbekistonlik uy-joy bilan ta’minlandi

Dohada qiyin ahvolga tushib qolgan 91 nafar o‘zbekistonlik uy-joy bilan ta’minlandi

“4-mart kuni O‘zbekiston elchixonasi vakillari turli sabablarga ko‘ra Qatarda bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olib,…
10:35 / 05.03.2026
“Tirik kitob”ga bukinist do‘konchasi qurib beriladi

“Tirik kitob”ga bukinist do‘konchasi qurib beriladi

Yoshlar ishlari agentligi prezident qarorida kitob savdosiga qulay sharoit yaratish, O‘zbekiston bo‘ylab kitob ko‘chalari va…
15:41 / 05.03.2026
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan tel…
09:17 / 06.03.2026
Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda ilk bor bir vaqtning o‘zida o‘n nafar ayol sudya davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Tasavvu…
17:13 / 05.03.2026
O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lganlarni kameralar orqali aniqlash boshlandi

O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lganlarni kameralar orqali aniqlash boshlandi

O‘zbekistonda endi haydovchilik huquqidan mahrum etilgan inson mashina boshqarsa, holat kameralar tomonidan aniqlanib, huquq…
12:17 / 05.03.2026
Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Muqaddas Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday noxush holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanligi hamda tinchlik-osoyis…
17:02 / 04.03.2026
Isroil Eron mojarosi sababli Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Isroil Eron mojarosi sababli Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Fuqarolik ma’muriyati rahbari brigada generali Hisham Ibrohim cheklov Eronning “Isroil va butun mintaqaga” qarshi javob zarb…
16:01 / 06.03.2026
Samarqandda sudya 300 dollar pora bilan ushlandi

Samarqandda sudya 300 dollar pora bilan ushlandi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” b…
10:13 / 06.03.2026
O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan ayollarga OTMga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistonda jazoni o‘tayotgan ayollarga OTMga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratiladi

Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda a…
16:13 / 06.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!