Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius bu haqda, Fumkr media guruhiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Agar biz tahdidni faqat noqulaylik tug‘dirayotgani uchun e’tiborsiz qoldiradigan bo‘lsak, u kichraymaydi, aksincha kattalashadi”, – deya ogohlantirgan.
Pistoriusning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z mamlakati iqtisodini urush holatiga moslab qo‘ygan va endi Rossiya bir necha oy ichida Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari bir yil ichida ishlab chiqaradigandan ko‘ra ko‘proq qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqara oladi.
“2029 yoki 2030-yilga kelib, Putin o‘z armiyasini shunchalik kuchaytirishi mumkinki, buning natijasida Rossiya NATOga zarba bera oladi”, – deya fikr bildirdi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiya alyans hududining istalgan qismiga bostirib kirish orqali NATOning hamjihatligini sinab ko‘rishga urinishi mumkin.
Pistorius, shuningdek, Putin Rossiyasidan Germaniyaga gibrid tahdidlar, jumladan, infratuzilmaga hujumlar va havo hududining buzilishi haqida ogohlantirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!