“U misli ko‘rilmagan huquqiy urushdan tortib, bema’ni farmonlarga qadar hokimiyatni topshirishni iloji boricha qiyinlashtirish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda”, – deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
AQShning saylangan prezidenti hokimiyatni topshirish jarayoni Bayden ma’muriyatining ekologiya va neft qazib olish bilan bog‘liq so‘nggi qarorlarini murakkablashtirayotganini aniqlagan. Tramp lavozimga kirishi bilanoq ushbu farmonlarni bekor qilishga va’da bergan.
“Qo‘rqmang, Baydenning barcha buyruqlari tez orada bekor qilinadi va biz sog‘lom fikr va kuchga ega bo‘lgan davlatga aylanamiz”, – degan u.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning inauguratsiyasi joriy yilning 20-yanvarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!