Saudiya Arabistoni hukumati ikki nafar harbiy xizmatchini vatanga xiyonatda ayblab qatl qildi. Bu haqda Saudi Press agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni havo kuchlari podpolkovnigi Majed bin Musa Avad al-Balaviy va shtab-serjant Yusuf bin Rida Hasan al-Azuniy 2017-yilda hibsga olinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sud har ikki harbiy xizmatchi ham davlatga xiyonat qilish, buyruqni bajarmaslik va “millat manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortish”da aybdor degan xulosaga keldi.
Sud jarayonida gumonlanuvchilar o‘z ayblariga iqror bo‘lishgan. Qirollik farmoniga muvofiq, hukm kecha, 14-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni janubi-g‘arbida joylashgan Toif shahrida o‘tkazildi.
2021-yil aprel oyida Saudiya Arabistoni hukumati uch nafar harbiy xizmatchini vatanga xiyonat va “dushman bilan hamkorlik” uchun qatl etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!