O‘zbekistonning Jidda (Saudiya Arabistoni) shahridagi Bosh konsulxonasi Makka va Madina shaharlariga kelgan va O‘zbekistonga qaytish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar haqida axborot e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga kelgan va Vatanimizga qaytish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. – Ta’kidlash joizki, yurtdoshlarimizning safarlari xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan tashkil etildi. Mazkur holat aviaqatnovlarni amalga oshirishdagi texnik nosozliklar, shuningdek, turistik kompaniyalarning bu kabi safarlarni tashkil etishda zaruriy malaka va tajribaga ega emasligi tufayli yuzaga kelgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda fuqarolarini qaytarish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, qo‘shimcha reyslar jadvali tuzilgan.
Shuningdek, 2024-yil 4-fevral holatiga ko‘ra, ziyoratchilarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarilgani, qolgan fuqarolar ham yaqin fursatlarda O‘zbekistonga qaytishi haqida ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!