Xonanda Selena Gomes yangi “Single Soon” trekini chiqarishini e'lon qildi. Kompozitsiya 25-avgustda chiqadi. Qo‘shiq 2020-yilda “Rare” qo‘shig‘i chiqqanidan keyin qo‘shiqchining musiqa sanoatiga birinchi to‘laqonli qaytishini anglatadi.
“Single Soon” prodyuser Benny Blanko va Kashmere Kat tomonidan ishlab chiqilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Selena Gomes yaqinlashib kelayotgan yangilikning ba’zi tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
“Siz mendan anchadan beri yangi musiqa haqida so‘rayapsiz. Men hali SG3’ni chiqarishga tayyor emasman, lekin men sizga yoz oxiri uchun juda mos keladigan yorqin qo‘shiqni taqdim qilmoqchiman” – deydi xonanda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!