$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Senegal parlamentida hukmron partiya va muxolif siyosatchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

12:28 / 03.12.2022

Senegalda muxolif siyosatchilar va hukmron partiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik qonun chiqaruvchi organdagi to‘qnashuvga aylanib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar tarqatdi.

Joriy yilning 1-dekabr kuni Senegal parlamentida muxolifatdagi deputatlardan biri hukmron koalitsiyadagi ayol hamkasbiga tarsaki tushirganidan so‘ng ommaviy janjal boshlandi.

Afrika mamlakati muxolif siyosatchilari va hukmron partiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik Senegal prezidenti Makki Sallning go‘yoki 2024-yilda uchinchi muddatga saylanish niyatida ekanligi bilan bog‘liq.

Muxolifat fikricha, amaldagi prezident bunday qadami bilan avvalroq bergan vaʼdasini buzgan bo‘ladi. 60 yoshli Sall tarafdorlari u konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish tufayli yana nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytishmoqda.

Muxolifatchi deputat Massata Samb parlamentda so‘zlagan nutqida mamlakatning ruhiy yetakchisi prezidentning uchinchi muddatga saylanishiga qarshi ekanligini va uni tanqid qilganlar ruhoniyni haqorat qilishini eslatdi.

Hukmron koalitsiya deputati Emi Ndiaye Gnibia bu so‘zdan so‘ng kulib yuborgan. Muxolifatchi bunga chiday olmagan va hamkasbiga yaqinlashib, uning yuziga shapaloq tushurgan. Bu boshqa deputatlar o‘rtasidagi mushtlashuvning boshlanishi bo‘ldi.

Siyosatchilarning o‘zaro mushtlashuv, ayblovlar va haqoratlari sabab parlament majlisini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

Mushtlashuv tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik haqida muhokamalarga sabab bo‘ldi.


Siyosat


														
														Oyatulloh Ali Xomanaiy Netanyaxuga o‘lim jazosi berish kerakligini aytdi

Oyatulloh Ali Xomanaiy Netanyaxuga o‘lim jazosi berish kerakligini aytdi

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Binyamin Netanyaxuga o‘lim jazosi berish kerakligini aytdi, deya xabar bermoqda R…
08:37 / 26.11.2024

														
														Bayden Si Szinpindan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan KXDRga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

Bayden Si Szinpindan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan KXDRga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

“Prezident Bayden XXRning Ukrainadagi urush borasidagi ochiq pozitsiyasi mojaroning keskinlashuvi yoki kengayishiga yo‘l qo‘…
10:06 / 17.11.2024

														
														Netanyaxu Isroil Tehron bilan urushishni xohlamasligini aytdi

Netanyaxu Isroil Tehron bilan urushishni xohlamasligini aytdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron xalqiga videomurojaat qilib, Isroil Tehron bilan “ziddiyat istamasligini” va go‘y…
13:11 / 13.11.2024

														
														Ilon Mask qanday lavozim egallashi ma’lum qilindi

Ilon Mask qanday lavozim egallashi ma’lum qilindi

AQSh prezidentlik saylovlari g‘olibi Donald Trampning media platformada qilgan bayonotiga ko‘ra biznesmen Ilon Mask yangi oc…
08:55 / 13.11.2024

														
														AQSh Ukraina tabiiy resurslarini ko‘zlamoqdami?

AQSh Ukraina tabiiy resurslarini ko‘zlamoqdami?

Trampni Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”dagi ikki jihat ko‘proq qiziqtiradi.
14:51 / 12.11.2024

														
														Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzishni xohlaydi

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzishni xohlaydi

Yaponiya TIV rahbari Takeshi Ivay quyidagi bayonotlarini berib o‘tdi:
12:42 / 12.11.2024

														
														Kim Chen In Rossiya bilan muhim shartnoma imzoladi

Kim Chen In Rossiya bilan muhim shartnoma imzoladi

KXDR Rossiya bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Hujjatni mamlakat prezidenti Kim Chen …
09:11 / 12.11.2024

														
														Ilon Mask Tramp ma’muriyatida lavozim egallaydimi?

Ilon Mask Tramp ma’muriyatida lavozim egallaydimi?

Ilon Mask Tramp ma’muriyatida lavozim egallashiga keng jamoatchilik shubha bilan qaramoqda.
15:32 / 11.11.2024

														
														Isroil Mudofaa vaziri “Hizbulloh” mag‘lub etilganini aytdi

Isroil Mudofaa vaziri “Hizbulloh” mag‘lub etilganini aytdi

Isroil Mudofaa vaziri Kats Livanning “Hizbulloh” guruhini mag‘lub etganligini aytmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
13:14 / 11.11.2024

														
														Yaponiya parlamentida yangi bosh vazir saylanadi

Yaponiya parlamentida yangi bosh vazir saylanadi

Yaponiya parlamenti mamlakat bosh vazirini katta ehtimol bilan navbatdan tashqari yig‘ilishda saylashi kutilmoqda, 1-oktyabr…
12:14 / 11.11.2024

Bu ham qiziq

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!