Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi. Biroq ushbu ma’lumot prezident ma’muriyati tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Prezidentning o‘g‘li Danilo Vuchich o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday so‘zlarni yozib qoldirgan: “Otajon, men har doim tirik va sog‘-omon bo‘lishingizni istayman”.
Vuchichning nima sababdan kasalxonaga tushib qolgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli Serbiya prezidenti 2019-yilda yurak-qontomir tizimi kasalligi bilan shifoxonada davolangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!