$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Seriallar va mashhur raqslar vatani: Meksikaga sayohat

07:01 / 30.03.2023

Meksika dunyoga oppoq qumli plyajlar, kaktuslar va tekila ichimligi bilan nom taratgan o‘lka. Bundan tashqari, ushbu mamlakat jahonga shokolad, jo‘xori va chili qalampirini ham taqdim qilgan. Keling, bugun aynan mana shu o‘lkaga birgalikda sayohat qilamiz.

Meksika Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan. O‘lka shimoldan AQSh, janubdan Gvatemala hamda Beliz bilan chegaradosh. Davlat 31 ta shtat va 1 ta federal okrugdan tashkil topgan bo‘lib, shu sababli ham uning rasmiy nomi “Meksika qo‘shma shtatlari” hisoblanadi. Mamlakat aholisi soni juda katta, bu yerda 121 million aholi istiqomat qiladi. Avvallari bu o‘lkada hindu qabilalari hayot kechirgan. Shu jumladan, mashhur mayyalar ham. Ushbu qabila dunyoga dong taratgan iyeroglifik maktublar, taqvim hamda betakror piramidalar bilan tarixda iz qoldirgan. Ammo ushbu rivojlanish o‘lka ispaniyaliklar tomonidan bosib olingach, to‘xtab qoldi. Meksika 300 yil davomida Ispaniyaning koloniyasi hisoblangan. 1821-yilga kelib esa mustaqil bo‘lishga erishgan. Urushda AQShga mag‘lub bo‘lgandan keyin zamonaviy AQSh tarkibidagi Texas, Nyu-Meksika, Arizona, Yuta, Janubiy Kaliforniya hududlarini unga berib yuborgan.

Ushbu hududlarning bir zamonlar Meksikaga tegishli bo‘lganini uning tarkibidagi shaharlar nomidan ham bilish mumkin. San-Diyego, San-Antonio, Sakramento va boshqalar shular jumlasidandir.

Iqtisodiyot

1950-yillarga kelib o‘lkada iqtisodiy rivojlanish yillari boshlandi. Bugungi kunda Meksika iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha Lotin Amerikasida Braziliyadan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.

Bu yerdan neft, gaz, ko‘mir qazib olinadi, avtomobillar va elektrotexnika vositalari ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jaligi asosini esa jo‘xori, kakao, soya, paxta, qahva hamda mevalar tashkil etadi. Meksika avokado yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi birinchi o‘rinda. O‘lkada uni “Yashil oltin” deb ataydilar. 2016-yilda Meksika salkam million tonna va qiymati 2,5 milliard dollarga teng akovado eskport qilgan ekan. Bu esa neft sohasi foydalaridan ham oshib ketgan.

Meksikaliklar o‘lkaning AQSh bilan qo‘shni ekanligini omad deb biladilar. Amerikaliklar Meksika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishadi, turizm sohasini rivojlantirish uchun yordam berib, zavodlar bunyod etadilar.

Misol uchun, Amerika avtomobilsozlik sohasining 3 nafar giganti – “Ford”, “General motors”, “Chrysler” kompaniyalarining bu yerda mashina yig‘uvchi korxonalari mavjud. Meksika eksportining kattagina qismi esa AQShga yo‘naltirilgan.

Iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasi yetarlicha tezkor. Bugungi kunda aholi boshiga hisoblangan YaIM miqdori 8500 ming dollarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tamiz, Rossiyada bu ko‘rsatkich 9000, AQSh da esa 57 000 ga tengdir. Meksikaliklarning qanday sharoitda hayot kechirishlari bilan qiziqyapsizmi? Bu yerdagi o‘rtacha oylik maoshi 520 dollarni tashkil qiladi. Lekin bu ko‘rsatkichlar o‘lkadagi haqiqiy manzarani to‘liq ochib bera olmaydi.

Meksika boylar va kambag‘allar orasidagi tabaqalanish yaqqol aks etadigan hududlardan biri. Mamlakatning 46 foiz aholisi nochor holda kun kechiradi. Shunga qaramasdan aynan meksikalik Karlo Slim 2010-2013-yillar davomida “Forbes” versiyasiga ko‘ra dunyodagi eng boy odam sanalgan. 2017-yilga kelib esa Slim reytingning 4 o‘rnidan joy oldi. Aholining nochor qatlami qishloqlarda, somon tomli uylarda yashab, gamaklarda uxlashadi.

O‘choq yordamida taom pishiradilar, asosiy mashg‘ulotlari esa qishloq xo‘jaligidir. Shahar aholisining bir qismi shaxsiy hovlilarda hayot kechirishadi. Ularning sharoiti anchagina yaxshiroq. Eng xavfli va nochor hududlar shahar chetlarida joylashgan. Bu yerdagi ayrim joylar esa o‘rta sinf vakillari uchun mo‘ljallangandir. Badavlat meksikaliklar odatda baland panjara va tikanli simlar bilan o‘ralgan katta uylar ichida istiqomat qilishadi. O‘lkadagi nochor ahvolga qaramasdan umumiy manzara juda chiroyli. Uylarning tom qismi, xonadonlar interyeri ham kishini o‘ziga jalb qila oladi.

Umuman olganda meksikaliklar yorqin hayot tarzini xush ko‘radilar. Bu yerda zilzilalar odatiy holat. Shu sababli ham shaharlarda baland qavatli uylar ko‘p emas. Ularni faqatgina katta megapolislarning markazida uchratishingiz mumkin. Keling, ushbu shaharlarga ham nazar tashlaymiz.

Mexiko

Meksika poytaxti va dunyoning eng yirik megapolislaridan biri. Aholisi 9 million kishini tashkil etadi. Uni kontrastlar shahri deb ham atashadi, hudud yashil ranglar va harobalar atrofidagi ko‘kalamzor parklarga burkangan. Zamonaviy Mexiko markazidagi Konstitutsiya maydoni, barokko uslubidagi binolar, Alameda parki, Chepultipik, muzeylar hamda favvoralar juda ham chiroyli ko‘rinishi bilan odamni o‘ziga jalb qiladi. Mexiko Shimoliy Amerikadagi yetakchi iqtisodiy markaz hamdir.

Gvadalaxara

Kattaligi bo‘yicha o‘lkadagi ikkini shahar. Milliy halq kuyi – Mariachi va tekila ichimligi vatani.

Kankun

Meksikadagi yirik kurort shahar. U Karib dengizining Rivera mayya sohillaridan o‘rin olgan. Kankun dunyoning eng yaxshi 10 ta kurort shahar tarkibiga kiradi.

Shahardan 15 kilometr uzoqlikda esa ayollar oroli mavjud. U o‘zining suv osti muzeylari, antiqa arxitekturasi va hududda yig‘iluvchi ko‘p sonli kit akulalari bilan dong taratgan.

Akapulko

Tinch okeanining sohillaridan o‘rin olgan port shahar va turistik markaz. 1950-yillarda Gollivud yulduzlari va millionerlarning sevimli shahri sifatida nom taratgan edi. Bundan tashqari, uni Meksikaning ko‘ngilochar shoulari, kazino va restoranlar poytaxti deb ham bilishadi.

Tixuana

AQShning shundoqqina chegarasida, San-Diyego shahri yaqinida joylashgan shahar. Bu yerga asosan arzon ichimliklar olish va tungi klublarda hordiq chiqarish maqsadidagi amerikalik turistlar tashrif buyurishadi. Shaharda jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar savdosi avj olgan.

Yo‘llar

Meksikada yo‘llar infratuzilmasi yaxshi rivojlangan. Yirik shaharlardagi yo‘l sifatini AQSh darajasiga qiyoslash mumkin. Meksikadagi eng mashhur avtomobil rusumi “Volkswagen” hisoblanadi.

O‘lkadagi metro o‘lcham jihatidan Shimoliy Amerikada Nyu-Yorkdan keyingi ikkinchi o‘rinda. Uning har bir bekati nafaqat nomga ega, balki piktogrammalar bilan ham aks ettirilgan. Bu o‘qishni bilmaydigan va aholining savodsiz qatlamiga qulaylik yaratishning yana bir usulidir.

O‘lka odamlari metistlar, ispan va mahalliy hindularning avlodlari hamda hozirga qadar o‘tmish bilan yashaydigan mahalliy hindulardan iborat. Ular qabila holida, tog‘li hududlarda sivilizatsiyadan voz kechgancha hayot kechiradilar.

Maoshlar orasidagi salkam 6-7 karra farq o‘lka odamlarini AQShga ketishga majbur qiladi. Meksikaliklar AQShda 32 million nafar kishidan iborat etnik guruhni tashkil qiladi va miqdor jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Ularning aksariyat qismi esa noqonuniy muhojirlardir. Shu sababli ham AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Meksika va AQSh chegarasida devor qurilishini saylovoldi paytlaridayoq aytib o‘tgandi. Bu orqali bo‘lg‘usi prezident qo‘shni o‘lkadan kelayotgan muhojirlar oqimini to‘xtatishni reja qilgan. Ammo shunga qaramasdan yaxshi hayot orzusidagi insonlar baribir AQShga ko‘chib o‘tish uchun harakat qilaveradilar.

Jinoyatchilik

O‘lkada xavfsizlik masalasi juda ham dolzarb, huddi aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kabi!

Qasddan qilingan qotilliklar darajasi Braziliyadan pastroq bo‘lsa ham, Yevropaga nisbatan 15 barobar ko‘proq.

Meksika odam o‘g‘irlash jinoyatlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri hamdir. O‘lkada korrupsiya hamda byurokratiya avj olgan.

Pora evaziga juda ko‘p ishlarni bitirish mumkin. Giyohvand moddalar savdosi ham asosiy muammolardan biri. Bu yerdagi ana shunday guruh vakillari, taxminlarga ko‘ra, 100 ming kishini tashkil qiladi. Meksikaning ko‘plab prezidentlari ularga qarshi kurash olib borishni eng asosiy rejalardan biri deya e’lon qilgan. Buning uchun fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida harbiy tarkiblar ham jalb qilingan. 1990-yillarda AQSh Karib dengizi bo‘ylab giyohvand moddalar olib kelishni to‘xtatgach, Meksika ularni shimolga yetkazishdagi asosiy tranzitga aylandi-qo‘ydi. O‘lkaning jinoyatchilik avj olgan asosiy qismi uning shimoliy shtatlari hisoblanadi. Bu hudud sahrolar va daralardan tashkil topgan.

Odamlar

Keling, endi meksikalik odamlarning hayoti bilan tanishamiz. Meksikaliklar shodon, emotsional va ta’sirchan odamlar bo‘lishadi. Odatda ularning oilalari katta, ayrimlarda 5-6 nafardan bolalar mavjud. Ular katta davralarda hordiq chiqarishni xush ko‘rishadi. Juda ko‘p ichishadi va raqsga tushishadi. Meksikaliklarning sevimli raqs turlari – Salsa, Samba, Rumba, meksikancha Mariachi raqslaridir.

Bizda ushbu o‘lkani avvalo seriallari orqali yaxshi tanib olishgan. Ular butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan edi. “Boylar ham yig‘laydi”, “Oddiy Mariya”, “Yovvoyi atirgul” kabi seriallar aynan shular jumlasidandir. O‘lkadagi rasmiy til – ispan tili. Ammo uning o‘ziga xosliklari ham yo‘q emas. U asrlar davomida o‘zgarib borgan. Misol uchun meksikaliklar ispan tilida “Ota”ni anglatuvchi “Padre” so‘zini juda ko‘p aytishadi. Aslida o‘lka odamlari orasida “Padre” – zo‘r, ajoyib, qoyilmaqom ma’nosida ham qo‘llanila boshlangan. Shu sababli biror savolingizga “Padre” deya javob berishsa hayratga tushish uchun shoshmang.

Meksika madaniyati mayya hindulari va atsteklar madaniyati asosida shakllangan. Musiqa, raqslar va ko‘plab marosimlar shular jumlasidandir. Albatta, 2012-yilda amalga oshmagan oxirzamon bashorati mayya qabilalarining avvalgi nufuziga putur yetkazdi, lekin ayrim tarafdorlar taqvim odamlar tomonidan noto‘g‘ri o‘qilganini aytishadi.

Bu yerdagi festival va karnavallar juda ham turli-tuman, ularni musiqalar va yorqin hodisalar bilan birga nishonlashadi. Havo pufaklari festivaliga nima deysiz? Balki ishonmassiz, ammo bu yerda “Marhumlar kuni” ham bayram qilinar ekan. Bayram kuni bolalarga sovg‘a sifatida bosh suyak shaklidagi qandlar, o‘z ismi yozilgan shokoladdi tobutlar, o‘yinchoq skeletlar beriladi. Aksariyat insonlar meksikaliklarni an’anaviy sombrero shlyapasi va poncho kiygan holatda tasavvur qilishadi. Ammo bugungi kunda ular juda o‘zgarib ketishgan. Sombrero va pochno esa tarixning bir bo‘lagiga aylangan. Uni odatda turistlar esdalik buyum sifatida sotib oladilar.

Meksika oshxonasining asosiy mahsulotlari jo‘xori, loviya, avokado va achchiq qalampirlar hisoblanadi. Chili, xalapeno, xabanero, sirano aynan shular jumlasidandir. O‘lka odamlari
achchiq qalampirlarni shunchalar yaxshi ko‘rishadiki, bu yerda ularni tez yeyish bo‘yicha musobaqalar ham bo‘lib o‘tadi. Maxsus tayyorgarlik ko‘rmagan insonlar uchun esa bu kabi tanlovlar o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Burrito, kesadilya, faxitas, takos, naches... Meksika oshxonasining mazkur taomlarini bugun butun dunyo yaxshi biladi.

Ularning asosida jo‘xori unidan pishirilgan tortilya noni bo‘lib, ichiga turli hil nachinkalar solinadi. Bundan tashqari, guakamole qaylasi ham juda mashhur.

Ushbu o‘lka turistlarni o‘ziga xos tarixi, qadimgi sivilizatsiya xarobalari, mayya piramidalari, kolonial saroylari, ekzotik tabiati va Karib dengizi hamda Tinch okeanining betakror plyajlari bilan rom etib keladi.

Pkapulko, kankuna, tuluma esa dunyodagi eng yaxshi plyajlar reytigiga kiritilgan. Turistlarning asosiy qismi AQShlik fuqarolardir. Meksika amerikaliklar uchun ayni hordiqbop o‘lka. Bu iliq havoli va hamyonbop narxdagi kurort hamdir. Do‘stlar, siz ham ushbu o‘lkaga borishni istagan bo‘larmidingiz?

 

 


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!