Bugun va ertaga Toshkent shahrida ultrabinafsha (UV) nurlanish darajasi ekstremal ko‘rsatkich — 10 ballgacha yetishi kutilmoqda. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, nurlanishning eng yuqori darajasi soat 13:00 atrofida kuzatiladi va soat 16:00 ga yaqin pasaya boshlaydi. Shu munosabat bilan mutaxassislar fuqarolarga kunning eng issiq paytlarida uzoq vaqt ochiq quyosh ostida bo‘lmaslikni tavsiya etmoqda.
Shuningdek, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish, bosh kiyim kiyish hamda organizmni suvsizlanishdan saqlash uchun ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Sog‘lig‘ingizni asrang va yaqinlaringizni ham ogohlantiring.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!