O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.uz” Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir 26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan tadbirdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlari bilan muhokamalar olib borilganini ma’lum qilgan. “Biz hozir ushbu masalani ko‘rib chiqyapmiz. Bu borada deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham fikr almashdik.
Tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishni rejalashtiryapmiz. Menimcha, bunday tartib bizda ham bo‘lishi kerak”, — dedi E’zoza Karimova. Hozircha mazkur tashabbus yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilmagan bo‘lib, uning aniq mexanizmlari va amal qilish tartibi jamoatchilik muhokamasi jarayonida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!