$
12279.48 UZS
13.71
159.25 UZS
0.18
14508.21 UZS
16.2
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

15:21 / 24.08.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.
Davlat rahbari 24-avgust kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. U yerda Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.

Bu ziyoratgoh buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda.
Prezident ushbu bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari majmua yonida Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etish taklifini bildirdi.

Yaqinda Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatiladi. Bular yoshlar, chet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimizga yana bir ma’naviy xazina bo‘ladi, - dedi davlat rahbari.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasiga borib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida “Insoniy birodarlik” mukofoti taqdirlash marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida “Insoniy birodarlik” mukofoti taqdirlash marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi “Insoni…
16:16 / 05.02.2026
Qashqadaryoda aka-ukalarning xonadonidan qariyb 22 kg marixuana topildi

Qashqadaryoda aka-ukalarning xonadonidan qariyb 22 kg marixuana topildi

Natijada, gugurt qutilarga hamda sintetik qoplarga joylangan jami og‘irligi 21 kg 712 g bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vos…
15:02 / 05.02.2026
Turkiyalik mashhur qo‘shiqchi G‘azoga 300 ming dollar xayriya qildi

Turkiyalik mashhur qo‘shiqchi G‘azoga 300 ming dollar xayriya qildi

“Hamma narsa Alloh roziligi uchun bo‘lsin”, – deydi san’atkor yordam sa’y-harakatlarini davom ettirishini bildirib.
16:45 / 06.02.2026
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tangalar muomalaga chiqariladi

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tangalar muomalaga chiqariladi

O‘zbekistonda har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi.
14:13 / 06.02.2026
Niderlandiya qirolichasi armiyada xizmat qilishni rejalashtirmoqda

Niderlandiya qirolichasi armiyada xizmat qilishni rejalashtirmoqda

Qisqa muddatli harbiy tayyorgarlik kursidan so‘ng, qirolicha armiyada qisman xizmat qilishi rejalashtirilgan.
15:28 / 05.02.2026
Suv tejovchi texnologiyalar uchun katta subsidiyalar va kreditlar ajratiladi

Suv tejovchi texnologiyalar uchun katta subsidiyalar va kreditlar ajratiladi

Suv — oltinga teng resurs. Prezidentning yangi qarori bilan O‘zbekistonda suvdan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlashni…
22:01 / 06.02.2026
7-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
16:07 / 06.02.2026
O‘zbekistonda 2025-yil aviaqatnovlar orqali 9,7 mln yo‘lovchi tashildi

O‘zbekistonda 2025-yil aviaqatnovlar orqali 9,7 mln yo‘lovchi tashildi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda havo transporti orqali qariyb 9,7 mln nafar yo‘lo…
14:47 / 05.02.2026
Milan–Kortina–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori ma’lum bo‘ldi

Milan–Kortina–2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori ma’lum bo‘ldi

Bugun Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
17:01 / 06.02.2026
Aroqchi Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar olib borish uchun Ummonga jo‘nab ketdi

Aroqchi Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar olib borish uchun Ummonga jo‘nab ketdi

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchiligidagi Eron diplomatik delegatsiyasi yadroviy dastur bo‘yicha AQSh bilan mu…
10:16 / 06.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!