$
11765.21 UZS
-0.55
139.35 UZS
-0.36
13586.46 UZS
-52.41
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi

19:25 / 27.06.2022

Shavkat Mirziyoyev 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlarni, soha rivojiga bugun ham munosib hissa qo‘shib kelayotgan muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor qilaman.

Biz ommaviy axborot vositalari xodimlari timsolida o‘zining chuqur bilim va tajribasi, noyob iste’dod va mahoratini xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, global axborot makonida milliy manfaatlarimizni himoya qilishdek olijanob ishlarga bag‘ishlagan jonkuyar va zahmatkash insonlarni ko‘ramiz.

Jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi va muhim bosqichiga qadam qo‘yayotgan hozirgi davrda media sohasi vakillari – jurnalist va muharrirlar, rejissyor va operatorlar, blogerlar, tele-radio kanallar, gazeta va jurnallar, nashriyot va bosmaxona xodimlari Vatanimizning demokratik qiyofasini shakllantirish, uni dunyoga tarannum etishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Muhtaram yurtdoshlar!

Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini xalq bilan muloqotning ishonchli ko‘prigiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ustoz-shogird an’analarini kuchaytirish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni 2016-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ortib, 1962 taga yetgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, xususiy media vositalari hayotimizdan keng o‘rin egallab borayotgani jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligini ta’minlashda, tub islohotlarni amalga oshirishda, joylarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va muammolarni dadil ko‘tarib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, televideniye va Internet tarmog‘ini integratsiya qilish maqsadida zamonaviy internet platformasi va uning mobil ilovasi tashkil etilgani, milliy axborot makonimizda internet nashrlarining soni so‘nggi 6 yilda salkam ikki barobar ko‘payib, 677 taga yetganini alohida ta’kidlash lozim.

Natijada davlat va nodavlat tashkilotlarining axborot manbalari yanada ortib, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor munosabat bildirish, turli mavzular bo‘yicha ochiq, xolis va tanqidiy fikr bilan chiqishda katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

Axborot sohasida miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, milliy jurnalistikamiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish – oldimizda turgan dolzarb vazifadir.

O‘zbekiston media kompaniyalari ham jahon axborot maydonida munosib o‘rin egallab, global siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishga intilmoqdalar.

Buning uchun tinimsiz mehnat qilish, ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy axborot texnologiyalari, serqirra tahlil usullarini o‘zlashtirib, doimo izlanib yashash, milliy jurnalistikamizning yangi avlodini tarbiyalash zarur.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida o‘z ifodasini topgan bunday yuqori marralarga erishish uchun bizda barcha resurs va salohiyat mavjud.

Fuqarolarimiz uchun axborot sohasida qulay imkoniyatlar yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va ta’sirini kuchaytirish – yana bir ustuvor vazifamizdir.
Shuni qayd etish zarurki, sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xodimlar mehnatini rag‘batlantirishga bundan buyon ham doimiy e’tibor qaratamiz.

Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha kuni kecha qabul qilingan Prezident qarori bu borada muhim qadam bo‘ldi. Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, ehtiyojmand va yosh jurnalistlarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat markazlari va Toshkent shahrida Matbuot uylarining holati tanqidiy o‘rganib chiqilib, yangi binolar barpo etish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

Ma’lumki, jahonda e’tirof etilgan demokratik mezonlarga ko‘ra, matbuot erkinligi – barcha fuqarolik va siyosiy huquqlar orasida alohida ahamiyatga ega. Albatta, bu sohada yutuqlar bilan birga hali muammolarimiz ham yo‘q emas.

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlar orqali ba’zi joylarda ommaviy axborot vositasi xodimlariga mensimay qarash, ularning o‘z vakolati doirasida erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish holatlari uchrayotgani haqida xabarlar tarqalayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Shu munosabat bilan yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman: biz barpo etayotgan huquqiy demokratik davlatda so‘z va matbuot erkinligi doimo Bosh qomusimiz va qonunlarimiz hamda Prezident himoyasida bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘z faoliyatini qonun doirasida erkin amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish – bu demokratik islohotlarimizga qarshi harakat, mamlakatimizning obro‘siga putur yetkazish sifatida baholanishi kerak. Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim.

Bir haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak: barchamiz demokratiya deb atalgan buyuk maktabning o‘quvchilarimiz. Bu borada hali ko‘p narsalarni o‘rganishimiz zarur. Farzandlarimizni ayni shu ruhda tarbiyalashda jurnalistika sohasi vakillari, muhtaram faxriylarimiz o‘zlarining boy tajribasi va ibratli fazilatlari bilan alohida namuna ko‘rsatadilar, deb ishonaman.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Bugungi bayram munosabati bilan soha fidoyilaridan bir guruhi davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani, hech shubhasiz, barcha ijodkorlarni yangi-yangi marralar sari ilhomlantirib, ularga katta g‘ayrat va shijoat bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz qalam ahlini qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va fayz-u baraka tilayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.


Bu ham qiziq

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million nafar voyaga yetgan inson oddiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning qariyb uchdan ikki qismini…
12:32 / 12.09.2026
Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Fuqaro tirik bo‘lishiga qaramay, uning vafoti davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi jiddiy huquqiy va ma’muriy muammolarga o…
10:56 / 14.09.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026
Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan ozod etildi

Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan ozod etildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar d…
10:35 / 14.09.2026
Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsini…
10:35 / 15.09.2026
Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida voyaga yetmagan o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchalarisiz harakatlangan. Holat y…
10:39 / 15.09.2026
Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!