AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. Hujum oqibatida beş kişi halok bölgan. Bu haqda AQŞ Qurolli kuçlari Janubiy qömondonligi X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.
Qömondonlik bayonotiga köra, razvedka ma’lumotlari qayiq narkotik moddalar savdosi yönalişida harakatlanganini körsatgan. Harbiylar halok bölganlarni “narkoterrorçilar” deb atagan.
Biroq AQŞ tomoni qayiqda giyohvand moddalar bölganini tasdiqlovçi dalillarni oçiqlamagan. X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan videoda suvdagi kiçik qayiq portlaşdan söng alanga içida qolgani aks etgan.
Mazkur hujum AQŞ harbiylarining Karib dengizi va Tinç okeanida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan kemalarga qarşi operatsiyalari doirasida amalga oşirilgan. Ma’lumotlarga köra, 2025-yil sentabridan buyon bunday hujumlarda kamida 240 kişi halok bölgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati operatsiyalarni mamlakatga narkotik moddalar olib kirilişiga qarşi kuraş bilan izohlamoqda. Biroq inson huquqlari taşkilotlari va BMTning mustaqil ekspertlari bunday hujumlarni sudsiz öldiriş holatlari sifatida tanqid qilgan. Ular, şuningdek, nişonga olingan şaxslarning narkotik savdosiga aloqadorligini tasdiqlovçi yetarli dalillar ommaga taqdim etilmaganini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!