Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Aniqlanişiça, uyning yertölasiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan. Şuningdek, gaz tarmoğiga tegişli texnik şartlarsiz ulangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-, 257- va 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu moddalar kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş bilan boğliq.
Hozirda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!