“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 6 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda “Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori Z.A. fuqaro O.A.ning işonçiga kirib, yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş va texnik şart hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilgani aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, yuridik inspektor avval ham sudlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!