$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

18:03 / 24.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masasuga Asakavani qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv avvalida Bank rahbari O‘zbekiston yetakchisini O‘zbekistonning yetakchi xalqaro moliya institutlari rahbarlari va biznes vakillarini jamlagan Investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan. 

Shuningdek, OTB bilan strategik sherikligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. 

Davlat rahbari OTB prezidentini yaqinda navbatdagi muddatga qayta saylangani bilan samimiy tabriklab, Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar dasturini ilgari surishda, shu jumladan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini oldini olishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. 

Xususan, ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Keyingi yillarda loyihalar portfeli ikki barobarga kengayib, bugungi kunda 9 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma loyihalar doirasidagi investisiyalarni o‘zlashtirish sur’atlari ham ikki barobar jadallashdi.

Bank tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, shu jumladan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliya sektori, energetika, transport va infratuzilmani modernizatsiya qilish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak yuqori baholandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yangi dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. 

Bundan tashqari, “yashil” iqtisodiyotni jadal joriy etish, loyihalarni aralash moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, biznes, shu jumladan ayollar va yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni birgalikda qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan.


Bu ham qiziq

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!