Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritişni rejalaştirgan tört kişidan iborat jinoiy guruh uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1995-yilda tuğilgan sobiq qöriqçi öquv markazining içki tartibi va xavfsizlik tizimini yaxşi bilgani sababli uşbu joyni nişonga olgan. U rejani amalga oşiriş uçun uç nafar tanişini ham guruhga jalb qilgan.
Rejaga köra, sobiq qöriqçi markazdagi vaziyatni oldindan örganib, şeriklariga pul saqlanadigan joy haqida ma’lumot berişi kerak bölgan. Guruh a’zolaridan biri elektr ta’minotini uzişi, qolganlari esa niqob taqib, orqa eşikdan binoga kirişi va pullarni qoplarga joylab, ijaraga olingan avtomobilda olib çiqib ketişi rejalaştirilgan. Şuningdek, ular xavfsizlik kameralari va signalizatsiya tizimini ham hisobga olgan. Guruh a’zolaridan biri jinoyatni yaşiriş va guvohlarni çalğitiş maqsadida ayollar kiyimida bölişni ham rejalaştirgan.
Bundan taşqari, gumonlanuvçilar pulni qölga kiritgaç, Farğona viloyati orqali qöşni respublikalardan biriga çiqib ketişni közlagan.
Biroq Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlar natijasida bosqinçilikning oldi olingan. Guruh a’zolari jinoyatni amalga oşiriş vaqtida qölga olingan.
Ulardan niqoblar, bolğa, qoplar, qölqoplar, ratsiyalar, eşiklarni oçişga möljallangan maxsus moslamalar, kalit nusxalari hamda xorijga çiqiş pasporti aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!