11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi. Bu haqda şahar rasmiylariga tayanib CNN xabar berdi.
Hodisa soat 16:00 atrofida Bruklin markazidagi Flatbuş tumanida sodir bölgan. Bino qulab, yonidagi quriliş maydonçasi ustiga tuşgan va odamlar vayronalar ostida qolib ketgan. Jarohatlanganlarning kamida yetti nafari yoş bolalar ekani ma’lum qilindi. Tört kişining ahvoli oğir, 12 nafarining holati barqaror deb baholanmoqda.
Hozirça vayronalar ostida qolgan yoki bedarak yöqolganlar soni aniqlanmagan. Voqea joyida vayronalarni tozalaş va qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda. Mutasaddilar bino qoldiqlarining yana qulab tuşişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Nyu-York şahar yonğin departamenti komissari Lillian Bonsignore qidiruv-qutqaruv işlarini öta xavfli deb baholagan. Şahar hujjatlariga köra, 1930-yilda qurilgan binoda törtta turar joy va bitta tijorat obyekti bölgan. Nyu-York şahar Qurilişlar departamenti hodisa yuzasidan tekşiruv boşlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!