2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990-yilga nisbatan esa 68,5 foizga ko‘p. Global chiqindilarning qariyb yarmi Xitoy, AQSH va Hindiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yevropa komissiyasining Qo‘shma tadqiqot markazi (JRC) va Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, issiqxona gazlari tarkibida karbonat angidrid (CO2) eng katta ulushga ega. 2025-yilda uning hissasi 73,8 foizni tashkil etgan. Metan ulushi 17,6 foiz, azot oksidi 5,3 foiz, ftorlangan gazlar esa 3,3 foiz bo‘lgan.
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan soha elektr energiyasi ishlab chiqarish hisoblanadi. 2025-yilda global chiqindilarning 29,2 foizi ushbu tarmoq hissasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda sanoat va konchilik (21,5 foiz), transport (16,2 foiz), neft va gaz qazib olish (11,3 foiz), qishloq xo‘jaligi (11,7 foiz), binolar (6,6 foiz) hamda chiqindilar sohasi (3,6 foiz) qayd etilgan.
Davlatlar kesimida Xitoy 16 milliard tonnaga yaqin ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu global emissiyaning 29,5 foiziga teng. AQSH 6,02 milliard tonna (11,1 foiz) bilan ikkinchi, Hindiston esa 4,51 milliard tonna (8,3 foiz) bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati birgalikda global chiqindilarning 5,8 foizini tashkil etgan. Rossiyaning ulushi 4,8 foiz, Indoneziyaniki 2,5 foiz, Braziliyaniki 2,4 foiz va Eronniki 2,1 foizga teng bo‘lgan.
Mamlakatlarda issiqxona gazlarining asosiy manbalari ham farq qiladi. Xitoyda chiqindilarning 42 foizi energetika, 31 foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSHda transport sohasi 29 foizlik ulush bilan yetakchi bo‘lsa, energetika 26 foizni tashkil etadi. Hindistonda esa asosiy manba energetika sektori bo‘lib, uning ulushi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!