Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining markaz jamoasiga tabrigini Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.
“O‘zbekistonda jarrohlik bo‘yicha yetakchi va nufuzli muassasa hisoblangan ushbu markaz ko‘pmillatli ahil jamoasining fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida alohida o‘rin egallab kelayotganini barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz”, - deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda mazkur shifoxonada 200 dan ortiq yangi jarrohlik amaliyoti joriy etilib, eng murakkab va yuqori texnologik operatsiyalar bajarilmoqda. Tabrikda qayd etilganidek, og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan qancha-qancha yurtdoshlarimiz ko‘p vaqt va mablag‘ evaziga xorijdagi klinikalarga borish azobidan qutulib, o‘zimizda davo topmoqda.
Bunday natijalarga erishishda mamlakatimizda xirurgiya xizmatini isloh etish, hududlarda uning sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, markaz va uning filiallari moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi ishlar muhim omil bo‘lmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz markazning butun jamoasiga chin dildan minnatdorlik bildirib, o‘zining ezgu tilaklarini izhor etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!