$
12754.83 UZS
7.54
137.21 UZS
-0.06
14202.50 UZS
44.08
32° Kechasi 17°

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

14:22 / 25.09.2024

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi.

Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi “Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish” mavzusiga bag‘ishlangan. Global iqtisodiyot kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalari muhokama etiladi.

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegatsiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston 2016-yil noyabr oyida OIIBga a’zo bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylangan. Amalga oshirilgan va joriy loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshib, “yashil” energetika, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan.


O‘zbekiston


														
														Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzil…
17:47 / 25.09.2024

														
														Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulo…
15:54 / 25.09.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish…
14:22 / 25.09.2024

														
														Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang” – deyiladi O‘zbekistonning Isroildagi Elchixo…
12:58 / 25.09.2024

														
														Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryodagi futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi

“Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman”, – deydi haydovchi.
12:03 / 25.09.2024

														
														O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’u…
11:25 / 25.09.2024

														
														Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Mang‘istau–Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi

Xabarda aytilishicha, hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holatda.
09:39 / 25.09.2024

														
														Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
20:11 / 24.09.2024

														
														Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

– 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilina…
12:06 / 24.09.2024

														
														Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

Bunda kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.
10:37 / 24.09.2024

Bu ham qiziq

Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi

Toshkent viloyatida Spark kanalga tushib ketdi

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark k…
11:11 / 23.09.2024
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi

Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
16:16 / 23.09.2024
Magnit bo‘ronidan kimlar va qanday himoyalanishi kerak?

Magnit bo‘ronidan kimlar va qanday himoyalanishi kerak?

Magnit boʻronidan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar koʻproq aziyat chekadi.
11:08 / 23.09.2024
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

“Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang” – deyiladi O‘zbekistonning Isroildagi Elchixo…
12:58 / 25.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’u…
11:25 / 25.09.2024
Mirziyoyev shaxmatchilarga tabrik yo‘lladi

Mirziyoyev shaxmatchilarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan shaxmatchilarga tabrik yo‘lladi. “Qadrli farzandlarim!
10:25 / 24.09.2024
“Okkupatsiyada ukrainaliklar qiynoqqa solingani bo‘yicha yangi dalillar topildi” — BMT

“Okkupatsiyada ukrainaliklar qiynoqqa solingani bo‘yicha yangi dalillar topildi” — BMT

Rossiya tomonidan Ukrainaning egallangan hududlarida harbiy asirlar va tinch fuqarolar Rossiya tomonidan tayinlangan mahalli…
17:56 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish…
14:22 / 25.09.2024
Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
20:11 / 24.09.2024
Tojikistonda elektr energiyasiga cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda elektr energiyasiga cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda kecha, 22-sentyabr kunidan boshlab elektr energiyasiga cheklovlar joriy etildi.
16:35 / 23.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!