Islandiyaning Reykyavik shahrida oʻtkazilgan Fisher shaxmati boʻyicha jahon chempionati yakuniga yetdi.
Mukofot jamgʻarmasi 400 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasida oʻzbekistonlik yosh grossmeyster, tezkor shaxmat boʻyicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Guruhda eng koʻp ochko bilan 1/2 finalga yoʻl olgan Nodirbek yarim finalda amerikalik Xikaru Nakamuraga yutqazib qoʻygan edi.
Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Nodirbek jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsenga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida FIDE bayrogʻi ostida oʻynagan rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda amerikalik Xikaru Nakamura oʻzaro toʻqnash kelishdi.
Asosiy partiyalarda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Chempion nomini aniqlab bergan qoʻshimcha armageddon partiyasida oq donalar oʻynagan Nakamura gʻalaba qozonib, Fischer Random yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Nakamura musobaqa gʻolibi sifatida 150 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega boʻldi.
Ikkinchi oʻrin egasi Yan Nepomnyashiy 85 000, 3-oʻrin sohibi Magnus Karlsen 55 000, 4-oʻrinni band etgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 40 000 AQSh dollari bilan taqdirlandi.
5-6 oʻrin uchun bahs: Uesli So – Vladimir Fedoseyev 1-3
7-8 oʻrin uchun bahs: Mattias Blubaum – Xyorvar Gretarsson 3-1
Mukofot pullari taqsimoti:
1) 150,000
2) 85,000
3) 55,000
4) 40,000
5) 25,000
6) 20,000
7) 15,000
8) 10,000
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!