Financial Times nashrining ta’kidlashicha, bu Suriyaning oltin-valyuta zaxiralari deyarli tugaganiga qaramay amalga oshirilgan. Nashrga ko‘ra, Asad vakillari Moskvaning Vnukovo aeroportiga ikki tonnaga yaqin banknot jo‘natgan. Bu mablag‘lar keyinchalik moliyaviy operatsiyalarda foydalanish uchun Rossiya bankiga o‘tkazilgan. Ushbu jo‘natmalar 2018-yil martdan 2019-yil sentyabrgacha 21 ta aviareys orqali amalga oshirilgan.
Muxolifatchilar va G‘arb Asad rejimini Suriyaning boyliklarini talon-toroj qilishda o‘zlarining boyliklari va urushni moliyalashtirishda ayblashmoqda. O‘sha paytda Asadning qarindoshlari Moskvada hashamatli mulk sotib olishni boshlagan. Bunga Moskva shahrida joylashgan turar-joy majmualaridagi kamida 19 ta uy kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr kuni Rossiya federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Bashar Asadga boshpana berganini va u oila a’zolari bilan Moskvada ekanligini e’lon qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!