Anadolu axborot agentligi 14-dekabrdan boshlab Suriya poytaxti Damashqda Turkiya elchixonasi 12 yillik tanaffusdan keyin faoliyatini qayta boshlaganligini ma’lum qildi.
Elchixona Turkiyaning Mavritaniyadagi elchisi Burhon Ko‘ro‘g‘lini vaqtinchalik vakil sifatida tayinlagan. Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan 12-dekabr kuni Ko‘ro‘g‘lini rasman yangi lavozimga tayinlagan edi.
Fidan bu haqidagi postni o‘zining X sahifasida o‘rtoqlashgan.
Turkiya elchixonasi 2011-yilda Asad rejimining tinch namoyishchilarni zo‘ravonlik bilan bostirishidan so‘ng qisqa vaqt faoliyatini davom ettirgan bo‘lsada, 2012-yil 26-martdan Suriyadagi faoliyatini to‘xtatgan.
Elchixona xodimlari va ularning oila a’zolari bu qarordan so‘ng Turkiyaga qaytgan.
Joriy yilning dekabr oyi boshida Bashar Asad rejimi qulab, Suriyani muxolifat kuchlari egallagandan buyon mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligi o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!