“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1980-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u kelgusida sotish maqsadida 1 kg 7 gramm “opiy” va 998 gramm “gashish” moddalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.
Tumandagi boshqa holatda 1986 va 1966-yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan ikki nafar fuqaro 491 gramm “gashish” moddasini shartli xaridorga 85 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shunga o‘xshash holat viloyat markazida ham qayd etilgan. 2003-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida 506 gramm “opiy” moddasini shartli xaridorga 2 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan yashirincha olib kelishda o‘z ichki a’zosidan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.
Hozirda uchala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!