Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” festivali o‘tkazilmoqda. Tadbirni tashkil etish uchun mahalliy budjetdan 2 milliard 453 million 920 ming 903 so‘m ajratilgan.
Mablag‘ Parkent tumani hokimining 13-avgustdagi farmoyishiga muvofiq yo‘naltirilgan. Ushbu xarajatlar Toshkent viloyati mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasi ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan qoplangan.
Festivalning to‘rtinchisi 21-avgust kuni Zarkent qishlog‘ida boshlandi. Ikki kun davom etayotgan tadbirda turli hududlardan kelgan fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va etnoturizm sohasi vakillari qatnashmoqda.
Festival dasturidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari, xalqaro forumlar, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar va madaniy dasturlar o‘rin olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!