Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan.
Ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan.
Yong‘in soat 09:10 da qurshab olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!