Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Ichki ishlar bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani haqida xabar tarqaldi.
Aytishlaricha, fuqaro kaltaklanishi oqibatida qovurg‘alaridan jarohat olgan va og‘ir ahvolga tushgan. Shuningdek, uning Yakkabog‘ tumani tez tibbiy yordam bo‘limida qabul qilinmagani ham aytilmoqda.
Hozirda fuqaro IIB xodimlari ta’siridan holi bo‘lishi uchun qo‘shni Shahrisabz tumani Markaziy shifoxonasida davolanayotgani bildirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha barcha tafsilotlar tegishli tartibda, xolis va har tomonlama o‘rganilishi muhim. Agar holat tasdiqlansa, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi lozim.
Qiynoqlarga yo‘l qo‘yilishi inson huquqlarining buzilishiga olib kelishi bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Hozircha mazkur xabar bo‘yicha rasmiy idoralar tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!