Surxondaryo viloyati Denov tumanida, noqonuniy diniy ta’limot berib kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqida viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2-fevral kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Denov tumani IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Denov tumanida yashovchi, K.Jumanazar (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022-yilning yanvar oyidan boshlab yashash xonadonida mahallasida yashovchi besh nafar voyaga etmagan shaxslarga “hujra” sharoitida diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlanib, K.Jumanazardan diniy adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!