Surxondaryodan Toshkentga sotish uchun olib kelinayotgan 140 kg isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28-iyul kuni soat 23-00larda Darband YPX maskanida “Shoʻrchi-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan "Cobalt" avtomashinasi yuk xonasi tekshirilganida 100 kgdan ziyod nomaʼlum hayvon goʻshti olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ushbu goʻsht mahsulotini tekshirib koʻrishlik uchun Boysun tuman veterinariya laboratoriyasiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib topshirilgan. Tekshiruv natijasiga koʻra, ushbu goʻsht yirik shoxli mol goʻshti ekani va isteʼmolga yaroqsiz deb topilgani aytilgan. Uning sof vazni 140 kgni tashkil etgan.
Xabarga ko‘ra, mahsulotni Toshkent shahriga sotish uchun olib ketayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!