“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar “1282” ishonch raqamiga ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha jami 39 ta shikoyat kelib tushgan.
Bunda, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududlar:
Farg‘ona viloyatida — 7 ta;
Toshkent shahrida — 6 ta;
Namangan va Jizzax viloyatlarida — 5 tadan.
Sohalar kesimida:
Umumta’lim maktablari bo‘yicha — 19 ta;
Tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 16 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!