Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, joriy yil 3-30-aprel kunlari dunyo boʻyicha 2,8 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning 17 ming nafardan ortigʻi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Tahlillarga koʻra, oʻtgan toʻrt hafta ichida kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi 28 kunga nisbatan 17 foizga, oʻlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.
Ushbu davrda eng koʻp bemor roʻyxatga olingan mamlakatlar sifatida AQSh (392 ming), Janubiy Koreya (330 ming), Yaponiya (251 ming), Hindiston (222 ming) va Fransiya (197 ming nafar) qayd etilgan.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar qatoridan esa AQSh (5 263), Braziliya (1 255) hamda Rossiya (993 nafar) oʻrin olgan.
Qayd etilishicha, pandemiya boshlangandan shu kungacha Yer yuzida 765 million nafardan ziyod kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilib, ulardan 7 million nafarga yaqini vafot etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!