$
12178.85 UZS
49.84
146.54 UZS
-1.45
14053.18 UZS
84.2
31° Kechasi 18°

Toshkent va Namangan viloyatlarida mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushdi

09:57 / 30.01.2026

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i va hokimlik mansabdori, Namangan viloyatida esa hokim yordamchisi pora ortidan ushlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali shartnoma qiymati 2 milliard 73 million so‘m bo‘lgan obyektni kapital ta’mirlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilot hisob raqamiga bo‘nak sifatida 1,1 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib bergani evaziga muqaddam MCHJ rahbaridan tamagirlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollari olgan.

Shuningdek, u jinoiy harakatini takroran davom ettirib, pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagani sababli, undan 643 mln 530 ming so‘m penya undirish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasidan voz kechish orqali MChJ foydasiga ajrim chiqartirib bergani evaziga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zi istiqomat qiluvchi uyning ko‘cha qismida qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashi uchun ruxsat berish evaziga 3 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur rahbar xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Pop tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga kelgusida to‘yxona qurishi uchun olib berish va tegishli hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2025-yilda 4500 AQSh dollari olgan. Ammo muqaddam sudlangan hokim yordamchisi va’da qilingan ishni bitira olmagach, 4500 AQSh dollari hisobidan 1 mln 200 ming so‘mni qaytarib bergan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 3–8 da…
17:39 / 21.03.2026

														
														O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 milliondan oshdi — Markaziy bank

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 milliondan oshdi — Markaziy bank

O‘zbekistonda 2026-yil 1-mart holatiga muomaladagi bank plastik kartalari soni 70 million 951 ming 598 donani tashkil etdi.
09:44 / 21.03.2026

														
														O‘zbekiston bir oyda 99,4 mln dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi

O‘zbekiston bir oyda 99,4 mln dollarlik meva-sabzavot eksportini amalga oshirdi

O‘zbekiston 2026 yil yanvar oyida xorijga 99,4 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.
09:32 / 21.03.2026

														
														Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua Ramazon Hayit bayrami arafasida xalqimiz va keng jamoatc…
21:09 / 20.03.2026

														
														48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan – Milliy statistika qo‘mitasi

48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan – Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tug‘ilish qayd etilgan.
15:50 / 20.03.2026

														
														Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxi qancha?

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxi qancha?

Markaz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz ishlaydi.
14:49 / 20.03.2026

														
														Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

23-martdan boshlab Toshkent–Chorvoq yo‘nalishidagi mavsumiy avtobus harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
10:45 / 20.03.2026

														
														Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshan…
16:33 / 19.03.2026

														
														Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki va oziq-ovqat mahsulotlar musodara qilindi

Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki va oziq-ovqat mahsulotlar musodara qilindi

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
16:10 / 19.03.2026

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

Bugun, 19-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy ma…
15:46 / 19.03.2026

Bu ham qiziq

Rossiya Shimoliy Koreyadan 14,4 mlrd dollar harbiy yordam olgan

Rossiya Shimoliy Koreyadan 14,4 mlrd dollar harbiy yordam olgan

Bu yordamning umumiy qiymati 7,67 mlrd dollardan 14,4 mlrd dollargacha baholanmoqda, – deb yozadi Bloomberg agentligi Janubi…
14:53 / 19.03.2026
Isroil musulmonlarga Al-Aqso masjidida hayit namozini o‘qishga ruxsat bermadi

Isroil musulmonlarga Al-Aqso masjidida hayit namozini o‘qishga ruxsat bermadi

Isroil hukumati Ramazon oyi boshidan buyon Al-Aqso majmuasiga kirishni cheklab qo‘ygan.
14:26 / 20.03.2026
Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 27-martdan boshlab, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshan…
16:33 / 19.03.2026
AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati 25 mlrd dollardan oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi harbiy amaliyoti qiymati allaqachon 25 mlrd dollardan oshgan. Ushbu …
08:06 / 21.03.2026
Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki va oziq-ovqat mahsulotlar musodara qilindi

Toshkentda 33,5 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki va oziq-ovqat mahsulotlar musodara qilindi

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 33,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
16:10 / 19.03.2026
Prezident Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Samarqandga tashrifining ikkinchi kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida davom etayotgan quri…
11:42 / 19.03.2026
O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

Ramazon hayiti 20-martda nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili ayni shu kundan boshlanib, 28-martga…
10:25 / 19.03.2026
AQSh Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi

AQSh Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi

AQSh moliya vaziri Scott Bessentning aytishicha, allaqachon kemalarga yuklangan Eron nefti va neft mahsulotlarini yetkazib b…
14:14 / 21.03.2026
Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Imom Buxoriy majmuasi endilikda 65 ming nafar ziyoratchini qabul qiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua Ramazon Hayit bayrami arafasida xalqimiz va keng jamoatc…
21:09 / 20.03.2026
Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Kreml Oq uyga razvedka almashuvini to‘xtatishni taklif qildi

Manbalarga ko‘ra, AQSh ushbu kelishuvni rad etgan. Shunga qaramay, bu taklif Yevropa diplomatlarini xavotirga solgan.
09:06 / 22.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!