Avvalroq, “Piskent tumanida quturgan itlarni ov quroli bilan otgan shaxslar”ning videosi internetda katta shov-shuv ko‘targan edi.
Shundan so‘ng, buning ortidan ayrim norasmiy Telegram kanallar tomonidan viloyat bo‘ylab boshqa shahar-tumanlardan ham shu mazmundagi xabarlar tarqatilgan. IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu mazmundagi xabarlar “feyk” hisoblanadi.
Shu o‘rinda IIB axborot xizmatidan eslatma:
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 202/2-moddasi — Yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘ida tarqatish — ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat Kodeksining 244/6 moddasi — Shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa — ikki yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!